24/12/2024

Joriy yilning 24- dekabr kuni Navoiy davlat universiteti Axborot-resurs markazida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali bo‘limi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarning boshqaruv xodimlari oʻrtasida “Zakovat" intellektual turniri tashkil etildi.

Turnirda viloyat Statistika boshqarmasidan 6 nafar xodim ishtirok etib, oʻz bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyatlari va aqliy salohiyatlarini namoyon qilishdi.

Bunday tadbirlar orqali davlat xizmatchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, yangi ma’lumotlarni egallash hamda bilimli jamoalar orasida o‘z o‘rnini topishga intilishadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech