13/11/2024

Joriy yilning 13- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Xizmatlar sohasi statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun xizmatlar sohasi oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, statistik hisobotlar va kuzatuvlarni o'tkazish yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, vebinarda xodimlarga xizmatlar sohasi statistikasiga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi. Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Vebinar yakunida xizmatlar kuzatuvlarini oʻz vaqtida sifatli oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech