12/11/2024

Joriy yilning 12- noyabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Statistik registrlarni yuritish boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, vebinarda xodimlarga Statistika agentligi statistika kengashi yig‘ilishining 1-son bayonida sohaga oid ko‘rsatilgan ustuvor vazifalar tushuntirildi hamda ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech