29/04/2024

Joriy yilning 26-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi.

1-7b5a7094

2-7b5a7136-

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi direktori Beglov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi agentlik markaziy apparati xodimlari hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi missiyasi vakillari ishtirok etdi.

3-7b5a7168

4-7b5a7128

Uchrashuv davomida Aholini roʻyxatga olish jarayoniga tayyorgarlik va uy xoʻjaliklari soʻrovlarini takomillashtirish,  Taraqqiyot YAIM statistikasini va kuzatilmaydigan yashirin iqtisodiyotni yaxshilash uchun salohiyatni rivojlantirish hamda Tashqi savdo statistikasi, tovarlar va xizmatlar eksporti va importining Markaziy bank bilan muvofiqligi, shuningdek, statistik ma'lumotlarni yaxshilash yuzasidan salohiyatni rivojlantirish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

5-7b5a7165

6-7b5a7203

Uchrashuv yakunida tomonlar statistik salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan barcha dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

7-7b5a7198

Tugmani bosing Tinglash GSpeech