26/04/2024

2024-yilning 25-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Yevropa ta’lim jamg‘armasi ekspertlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

1-7b5a7045_p22721

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjon Muratovich boshchiligida markaziy apparat xodimlari hamda Yevropa ta’lim jamg‘armasi  ekspertlari – Franca Crestani, Eva Jansova hamda amaliyotchi Maftuna Usmanova ishtirok etishdi.

2-7b5a7063_p67213

Uchrashuv Yevropa ta’lim jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan "Markaziy Osiyodagi yoshlar uchun muloqot va harakat" loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

3-7b5a7053_p41722

Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bu loyihaning asosiy maqsadi Yevropa standartlari asosida zamonaviy mehnat bozori talablaridan kelib chiqib mutaxassislarni aniqlash va malakasini baholashdan iborat.

4-7b5a7058_p91175

Uchrashuv davomida loyihaning 2024–2027-yillarga mo‘ljallangan chora- tadbirlar rejasi hamda statistika sohasida hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

5-7b5a7049_p59888

Tugmani bosing Tinglash GSpeech