26/03/2024

Joriy yilning 26-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi “Profi University” filialida davra suhbati tashkil etildi.


Tadbirda Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish bo‘lim boshlig‘i Madina Yuldasheva, Navoiy shahridagi “Profi University” filiali o‘qituvchilari, talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish bo‘lim boshlig‘i Yuldasheva Madina Baxtiyorovna Аholini ro'yxatga olishning maqsadi va asosiy vazifalari, o‘tkazish tamoyillari, tayyorgarlik jarayonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarorning mazmun-mohiyati bo‘yicha taqdimot qildi.

Muloqot yakunida talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga mutaxassis atroflicha javob berib o‘tishdi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech