So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-iyul oylarida, Oʻzbekistonda jami bino va inshootlarni qurish boʻyicha qurilish ishlari 68,7 % ulushni tashkil etgan.

Joriy yilning 11-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirishda qoʻllaniladigan hisobot va kuzatuv shakllari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024- yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislikdagi ayol o‘rta tibbiyot xodimlari soni 353 ming kishini tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 103 691 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyul oylarida Zarafshon shahrida koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 259,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024- yilning 10- sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 2–5- sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Ittifoqi va Latviya Respublikasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Latviya Respublikasi va uning muassasalarida ma’lumotlarni boshqarishni tashkil etish va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda ma’lumotlardan foydalanish” boʻyicha ishchi guruhi tashrifi natijalariga oid taqdimot oʻtkazildi.

Joriy yilning 11-sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi tomonidan tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar hamda ularni shakllantirishda qoʻllaniladigan hisobot va kuzatuv shakllari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 240,4 ming tonna kartoshka yetishtirilgan.

Respublikada 2024- yilning 1- avgust holatiga 43 293 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

2023- yilning dastlabki yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi norasmiy iqtisodiyotida 323 290,9 mlrd soʻm yalpi qoʻshilgan qiymat yaratilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 526,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 32,6 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 46,9 % ni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024- yilning yanvar–iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 126,8  trln soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 732,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 5,4 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 10- sentabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari J. Umarov Qiziltepa tumani statistika boʻlimi boshlig’i Z. Turdiyev bilan birgalikda “Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining xizmatlar guruhi boʻyicha tumanda faoliyat yuritayotgan, hozirda tanlanma kuzatuvga tushgan xizmat koʻrsatish obyektlariga borib narx-navolarni oʻrgandi.

2023- yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasi norasmiy va yashirin iqtisodiyotida 205 308,1 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, axborot va aloqa sohasida 10 198 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.