So'nggi yangiliklar

2024-yil 19- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-sonli qarori mazmun-mohiyati, hisobot intizomini taʻminlash, maʻmuriy choralar qoʻllash hamda konsalting xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha oʻquv seminar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyati boʻyicha ishlab chiqaradigan  sanoat  tarkibida metallurgiya sanoati hajmi 11 197,2 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 13,4 %ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 303,3 ming dona avtomobillar uchun bamperlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 barobarga oshgan.