navstat

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 793619
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

Interaktiv xizmatlar

Interaktiv xizmatlar

Fuqarolar murojaatlarini ko'rib chiqish tartibi

   Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi “Fuqarolar murojaatlari to’g’risida”gi № 446-11 – sonli Qonuni asosida olib boriladi.     Fuqarolarning murojaatlari og’zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning og’zaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega. Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko’rinishida bo’lishi mumkin.

   Ariza fuqarolarning o’z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro’yobga chiqarishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir.

   Taklif fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini o’z ichiga olgan murojaatidir.

   Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to’g’risidagi talabi bayon etilgan murojaatidir.

   Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan, ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak. Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo’lishi lozim. Murojaatga shaxsiy imzo qo’yish imkoni bo’lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo’yiladi. Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilmagan yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko’rsatilgan, shuningdek imzo qo’yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko’rib chiqilmaydi.

   Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o’z vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli. Ariza, taklif va shikoyatga ular yuzasidan ilgari qabul qilingan, fuqarodagi mavjud qarorlar (yoki ularning nusxalari), shuningdek ariza, taklif va shikoyatni ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin.

Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.