Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

 


Tursunov Kobul Beknazarovich - Navoiy viloyat hokimi

Xodjaev Jamshid Baxtiyorovich - O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi;

Tulekova Ziba Tolibekovna - Tomdi tumani hokimi o'rinbosari, Xotin-qizlar qo'mitasi raisi;

Sharipov Baxodir Mavlonovich - “Navoiyazot” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi;

Orzieva Dilbar Adizovna - Navoiy shahar “Mehribonlik uyi” direktori;

Fayziev Ulug'bek Ganievich - Navoiy shahri “ZARAFSHAN GOLDEN GROUP”mas'uliyati cheklangan jamiyati ta'sischisi.
Mamlakatimiz tarixida unutilmas va qutlug' sana – Vatan Himoyachilari kuni hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan-ligining 28 yilligi munosabati bilan Navoiy shahrida DXX, IIB, Milliy gvardiya hamda mudofaa vazirligi tizimidagi ishchi xodimlar oilalariga uy topshirildi.
2018 yil davomida huquq tartibot organlari xodimlari uchun umumiy qiymati salkam 30,0 mlrd. so'mlikdan ortiq qiymatga ega bo'lgan 8 ta 5 qavatli jami 240 xonadonli turar-joy binolari topshirilgan edi.
Shahrimizning eng ko'rkam va zamonaviy infratuzilmaga ega bo'lgan hududlarida joriy yil 6 ta 5 qavatli jami 180 xonadonli uylar qad rostladi.
E'tirof etish joizki, umumiy qiymati 23.0 mlrd. so'mdan ortiq mablag' evaziga bunyod etilgan mazkur xonadonlar mudofaa, ichki ishlar, milliy gvardiya hamda davlat xavfsizligi xodimlariga bayram arafasida munosib sovg'a bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devonining Navoiy viloyatidagi faoliyat ko'rsatuvchi xodimlari tomonidan hududdagi tadbirkorlar tomonidan xorijdan import qilingan texnologik asbob-uskunalardan samarali foydalanish holati o'rganildi. Tadbirkorlik sub'ektlarining muammolarini hal etish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rildi.

 2016-2018 yillar va 2019 yilning 7 oyida Navoiy viloyati bo'yicha 327 ta tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan 807,6 million dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. O'rganishlar davomida ishbilarmonlarga 2 ta holatda bojxona imtiyozlarini ko'llash, 1 ta buzilgan bino-inshootlari uchun kompensatsiyani to'lab berish bilan bog’liq muammolar ijobiy hal etildi.

Xususan, Navoiy shahrida faoliyat ko'rsatayotgan “GOLDENLIFT” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan bojxona imtiyozlarini qo'llash uchun ijobiy xulosani olib berishiga amaliy yordam berilib, zamonaviy import o'rnini bosuvchi liftlarni ishlab chiqarish uskunasi tezkorlik bilan bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilib, 1 kunda tadbirkorga etkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida” farmoniga asosan 2018 yilning 1 sentyabrdan tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyati bilan bog’liq bo'lmagan rejali tekshiruvlar hamda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o'tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilingan.

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o'tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o'tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil tomonidan amalga oshirilmoqda.

Endilikda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarida o'tkaziladigan har qanday nazorat tadbirlari vakolatli organni xabardor qilgan tartibga o'tkazilishi shart.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni Navoiy viloyatida faoliyat ko'rsatuvchi xodimlari tomonidan tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishini oldini olish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Muxtasar aytganda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni tadbirkorlarning qonuniy himoyachisiga aylanmoqda.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish

bo'yicha vakil devonining

Navoiy viloyatidagi etakchi inspektori K.KULIEV

 http://navoi.uz/

Навоий шаҳридаги “Coworking” марказида ўтказилган матбуот анжумани вилоят матбуот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси, вилоят ҳокимлиги Ахборот хизмати ва Ўзбекистон Журналистлари ижодий уюшмаси Навоий вилояти бўлими ҳамкорлигида ташкил этилди.

Вилоят ва республика ОАВ вакиллари қатнашган тадбирда вилоят прокурорининг биринчи ўринбосари Раҳим Маҳамов вилоят прокуратура  органлари томонидан жорий йилнинг ўтган даврида амалга оширилган ишлар юзасидан ахборот берди.

Юзага келаётган жиноятчилик ҳолатлари таҳлил этилар экан, баъзи нохуш ҳолатларнинг кўпайиб бораётгани, бунинг сабаблари борасида алоҳида тўхталиб ўтилди.

 Р.Маҳамов Навоий вилоятида содир бўлган, интернет ҳамда ижтимоий тармоқлар ва айрим оммавий ахборот воситаларида эълон қилинган, шов-шувга айланган баъзи ҳодисалар хусусида ҳам таъкидлади. Уларни ёритишда журналистлар томонидан йўл қўйилган айрим қонунбузилишлар ҳам тилга олинди.

– Бугун очиқлик ва шаффолик замонида яшаяпмиз, – деди вилоят прокурори ўринбосари. – Бу жараёнда журналистларимизнинг саъй-ҳаракати алоҳида ажралиб турибди. Ўз ўрнида мазкур ислоҳотлар ҳар биримизнинг зиммамизга икки карра масъулият юклашини унутмаслигимиз лозим. Шунингдек, баъзи жиноятларнинг айнан ОАВда эълон қилинган материаллар ортидан фош этилаётганлигини ҳам айтиб ўтиш жоиз. Бу журналистларимиз прокуратура органларига жиноятчилик ҳолатларини аниқлашда яқиндан кўмак бераётганидан далолат.

Анжуман якунида жойларда вилоят прокуратура органлари раҳбарлари иштирокида ҳар уч ойда бир маротаба брифинглар ташкил этишга келишиб олинди.

О.МУСТАФОЕВ.

 

http://navoi.uz/

Кармана ва Қизилтепа туманларида Адлия вазирлиги раҳбарияти бошчилигида Республика ишчи гуруҳи ҳамда вилоят ҳокимлиги мутассадди раҳбарлари тадбиркорлик субъектлари билан сайёр қабулларини ўтказди.

 Ўзбекистон Республикаси Адлия вазири ўринбосари Акбар Ташқуловиштирок этган тадбирда Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тадбиркорлик фаолиятини қўллаб-қувватлаш ва ҳимоя қилиш тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармоннинг мазмун ва моҳияти тушунтирилди.

Учрашув давомида тадбиркорлар томонидан жами 70га яқин мурожаат тушган бўлиб, 20таси жойида ижобий ҳал этилди ҳамда 46 та мурожаат бўйича  тегишли ташкилот раҳбарларига ҳал этиш учун топшириқ берилди.

Қизилтепа туманида ўтказилган учрашувда Хатирчи, Навбаҳор, Конимех, Нурота туманлари тадбиркорлари қатнашган бўлса, Кармана туманидаги сайёр қабулда Навоий, Зарафшон шаҳри ҳамда Учқудуқ, Томди, Кармана туманларининг тадбиркорлари қатнашди. Ушбу сайёр қабулларда 250 нафардан ортиқ тадбиркорлар иштирок этди.

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash