Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 18-may kunidan boshlab, Andijon viloyatining Xonobod shahrida, 20-maydan boshlab Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida aholining kambag’allik darajasini o’rganish bo’yicha kuzatuvlar boshlangan edi. 

Ayni kunga kelib, Xonobod shahri va Chirchiq tumanining 10 dan ortiq mahallalarida kuzatuvlar o’tkazib bo’lindi.

Eslatib o’tamiz, kuzatuvlarni amalga oshirishda Xonobod shahrida jami 71 ta va Yuqori Chirchiq tumanida jami 70 ta instruktorlar, intervyuerlar hamda ma'lumotlarni elektron bazasini shakllantirish uchun operatorlardan iborat ishchi guruhlar biriktirilgan. Kuzatuvlar Davlat statistika qo’mitasi Raisi o’rinbosari M.Ziyadullayev boshchiligida tuzilgan maxsus komissiya a’zolari ishtirokida o’tkazilmoqda.

Kuzatuv bilan bog’liq masalalar va kuzatuv natijalari bilan tanishtirib boramiz.

 

Axborot xizmati

2020-yilning 22-may kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida videokonferensiya o‘tkazildi.

Respublikamizning turli hududlaridan onlayn ulangan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori boshchiligida professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalarga Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan vebinar qilindi.

Mazkur vebinarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Bahodir G‘oyibnazarov, qo‘mita boshqarma boshliqlari Odiljon Mamadaliyev va Botir Irgashev ishtirok etdi.

Videokonferensiyada Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi boshlig‘i  Irgashev Botir Samarovich “Mamlakatimizda tashqi savdo ko‘rsatkichlarini shakllantirilishi va rivojlantirish tendensiyalari” mavzusi bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Ma'ruzachining qayd etishicha, 2020-yil yanvar-aprel oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 10 823,2 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 1297,1 mln. AQSh dollariga yoki 10,7 % ga kamaygan.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 4 416,9 mln. AQSh dollariga (10,6 % ga kamaydi) va import hajmi 6 406,3 mln. AQSh dollariga (10,8 % ga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida – 1 989,4 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi kuzatilgan.

O`zbekiston jahonning 150 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasida (16,7 %), Xitoy Xalq Respublikasida (16,6 %), Qozog`istonda (8,3 %), Koreya Respublikasida (7,4 %), Turkiyada (5,6 %), Qirg`iz Respublikasida (2,0 %) va Germaniyada (2,0 %) qayd etilgan.

Shundan so‘ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari mavzu yuzasidan savollar berishdi. Savollarga Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B.G‘oyibnazarov, qo‘mita boshqarma boshliqlari O.Mamadaliyev va B.Irgashev javob berishdi.

Bugungi pandemiya sharoitida hamda mamlakatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratayotgan e'tiborini inobatga olgan holda tashkil etilayotgan vebinar muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar uchun bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan onlayn uchrashuvlarni doimiy o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

 

Mazkur videokonferensaloqaning to‘liq tavsilotlarini qo‘mitaning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida kuzatishingiz mumkin.

Axborot  xizmati

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasida Multiindikator klaster kuzatuvlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan masofaviy tarzda videoaloqa orqali hududiy statistika organlarida kuzatuvda ishtirok etadigan nomzodlarni tanlab olish bo’yicha suhbat o’tkazildi.

Tanlab olish jarayonlari komissiya tomonidan belgilangan grafikka muvofiq 11–25-may kunlari amalga oshiriladi. 11-may kungi saralashda Andijon viloyati nomzodlari ishtirok etdi.

Eslatib o’tamiz: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi “2020–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o’tkazish to’g’risida”gi 625-son qarori qabul qilingan.

Axborot xizmati

Endi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan statistik nashrlarga elektron to‘lov orqali buyurtma berishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun: (71) 230-81-44.

Axborot xizmati

Joriy yilning 7-may kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida videokonferensiya o‘tkazildi.

Respublikamizning turli hududlaridan onlayn ulangan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalariga, universitet rahbariyati boshchiligida professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarga Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan vebinar qilindi.

Mazkur vebinarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Bahodir G‘oyibnazarov, qo‘mita boshqarma boshliqlari Odiljon Mamadaliyev va Muxtor Umarov ishtirok etdi.

Videokonferensiyada Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umarov Muxtor To‘rayevich 1-chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiya holatining tahlili bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Ma'ruzachining qayd etishicha, 2020-yilning aprelida iste’mol narxlari va tariflarining oy davomidagi o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,7 % ni tashkil etgan. Joriy yilning yanvar–aprel oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,5 % ga ko‘tarilgan. Yillik davrda esa (2019-yilning apreliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 14,5 % ni tashkil qilgan.

Yirik guruhlar kesimidagi narxlarning o‘zgarishiga ko‘ra, narxlar va tariflarning oshishi bo‘yicha yetakchilik o‘tgan oylardagi kabi oziq- ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘ldi. Joriy yilning aprel oyida narxlar 3,3 % ga ko‘tarilib, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 %, xizmatlar esa 0,3 % ga oshgan.

2020-yilning aprelida umumiy INIning oy davomidagi o‘sishida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 81,8 %, nooziq-ovqat mahsulotlar ulushi 14,1 % va xizmatlar ulushi 4,1 % ni tashkil etgan.

Shundan so‘ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari mavzu yuzasidan savollar berishdi. Aksariyat savollar pandemiya mamlakatning inflyatsiya holatiga qanday ta'sir etgani xususida bo‘ldi. Savollarga Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B.G‘oyibnazarov, qo‘mita boshqarma boshliqlari O.Mamadaliyev va M.Umarov javob berishdi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi pandemiya sharoitida hamda mamlakatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratayotgan e'tiborini inobatga olgan holda tashkil etilayotgan vebinar muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar uchun bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan onlayn uchrashuvlarni doimiy o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur videokonferensaloqaning to‘liq tafsilotlarini qo‘mitaning “Youtube” dagi rasmiy sahifasida kuzatishingiz mumkin.

Axborot  xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash