Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

    O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o’rinbosari J.A.Qo’chqorov tomonidan tasdiqlangan 2019 yil 1-yarim yillikda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi shahar  va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslar murojatlari uchun sayyor qa’bul reja jadvaliga asosan, 2019 yilning 20 iyun kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida O’zbekiston Respublikasi  Davlat Statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari  Ziyadullayev Mahmudjon  Jo'raqulovich va Navoiy viloyat Statistika boshqarmasi raxbariyati bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qa’bul o’tkazildi.

    Sayyor  qa’bulida boshqarma tarmoq bo’limi boshliqlari shahar va tuman statistika bo'limi, boshliqlari hamda viloyatda faoliyat ko’rsatyotgan yurudik korxona va tashkilotlar shuningdek tadbirkorlik sub'ektlari vakillari va jismoniy shaxslar ishtirok etdilar. Sayyor qabulda   Karmana tuman hokimi birinchi o’rinbosari Bobomurodov Jamshid Jo'rayevich ishtirok etdi.

 

    Sayyor qa’bulida Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ziyadullaev Maxmudjon Jo’raqulovich statistika organlari tizimida so’ngi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, statistika qonunchiligidagi o’zgarishlar va  statistika organlarining bugungi kunda oldilarida turgan asosiy vazifalari tug’risida yig’ilganlarga ma'lumot berdi.

Tadbirda ishtirok etgan yuridik va jismoniy shaxslar vakillarini qiziqtirgan barcha savolarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash