navstat

 

 

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1057745
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

ARMIYA – MARDLIK, MATONAT VA JASORAT MAKTABI

 

 

taqdiriga daxldorlik tuyg'usini yuksaltirish maqsadiga yo'naltirilgan "Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.
Unda Xarbiy okrug xarbiy xizmatchilari, viloyat mudofaa ishlari, Ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat va shahar kengashi, mudofaaga ko'maklashuvchi "Vatanparvar” tashkiloti xodimlari, oliy o'quv yurti talabalari, kollej va litseylar xamda umumta'lim maktablari o'quvchilari, viloyat tuman va shaharlaridan taklif etilgan mexmonlar, shahar axolisi ishtirok etdi.

Dastlab tadbir doirasida Olimpiya zaxiralari kolleji va sport jamoalari marafoniga start berildi. Shundan so'ng N-sonli xarbiy qism desantchilari tomonidan vatanimiz sarxadlarini ximoya qilishda qudratli milliy armiyamiz tomonidan qo'llaniladigan eng zamonaviy xarbiy texnikalar va qurol-aslaha xamda qutqaruv-qidiruv xizmatining moddiy ta'minot bazasi ko'rgazmalari tashkil etildi.
Bundan tashqari, Respublika "xunarmand” uyushmasining Navoiy viloyat boshqarmasi va uning shaxar, tuman bo'limlariga qarashli xunarmandlar tomonidan keltirilgan tikuv va bichuv ishlanmalari, bisserlar, o'yinchoqlar, so'zana va kashtachilik xamda boshqa yuzlab xunarmandchilik namunalari bayram ishtirokchilarida katta tassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbir doirasida Xalq ta'limi boshqarmasiga qarashli tasvir va amaliy san'at yo'nalishi bo'yicha ta'lim muassasalari o'quvchilarining Vatanga muxabbat va xarbiy vatanparvarlik g'oyalarini tarannum etuvchi qo'lda chizilgan eng sara asarlari ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

– Shu vaqtgacha xarbiy texnika va qurollarni faqat televizorda yoki kinolarda ko'rar edik, – deydi Navoiy davlat konchilik instituti 1-kurs talabasi O'lmasjon Ashuraliev. – Bugun esa nafaqat tomosha qilish, balki bu xarbiy qurol-yaroqlarni ushlab ko'rish imkoniyatiga ham ega bo'ldik. Mazkur bayramona tadbir kayfiyatimizni yanada ko'tardi, milliy armiyamiz haqidagi tasavvurlarimizni kengaytirdi.
Shuningdek, harbiy orkestor va respublika hamda viloyat san'at ustalari va badiiy havaskorlik guruhlarining kontsert dasturi, xarbiy xizmatchilarning qo'l jangi usullari, askarlarning komanda tarkibida tantanali saf ko'riklari yoshlarimizda faxr-iftixor tuyg'ularini uyg'otdi.
Tadbirda Navoiy viloyat hokimi Qobul Tursunov ishtirok etdi.

 

navoiy.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.