navstat

 

 

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1013159
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

Shavkat Mirziyoyev: Yo‘l qurilishida sifat asosiy ko‘rsatgich

 

Ayni paytda ushbu yo‘lning ikki kilometrida namuna sifatida qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Maxsus piyodalar yo‘lakchasi, aholinining velosipedda harakatlanishi uchun alohida yo‘lak tashkil etilgan hamda zamonaviy energiya tejamkor ko‘cha yoritgichlari o‘rnatilib, ko‘chaning ikki tomonida manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. 

Yo‘l olti polasali bo‘lib, atrofida vokzal, avtobus bekatlari, masjid, sayyohlik markazi, madaniyat va maishiy xizmat ko‘rsatish markazi, bozor, diagnostika markazi kabi ijtimoiy soha obyektlari barpo etiladi. Mazkur ko‘cha 2018-2019-yillarda qurilib, foydalanishga topshiriladi. 

– Yo‘l bo‘yidagi infratuzilma obyektlari qurilishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Ularning bir-biriga hamohang bo‘lishi, umumiy konsepsiya kasb etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, – dedi Prezident. – Yo‘l qurilishida shoshma-shosharlik qilish kerak emas. Bu borada sifat asosiy ko‘rsatgich bo‘lmog‘i lozim. 

Davlatimiz rahbari yo‘l bo‘yidagi temir to‘siqlar yo‘lovchilarga halaqit bermasligi lozimligini ta’kidladi.

Loyiha to‘liq ishga tushgach, piyoda va haydovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek, kelgusida shaharning zamonaviy arxitekturaviy qiyofasi talablariga asosan Toshkent ko‘chasi misolida viloyatning barcha ko‘chalari shu asosda qayta ta’mirlanadi. 

Prezidentimizning viloyatga tashrifi davom etmoqda. 

uza.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.