navstat

 

 

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1057752
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

Prezidentimiz Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi

 

 

O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 26 yilligi va 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigini yo‘lladi.

«Hozirgi kunda dunyoda oldindan aytish qiyin bo‘lgan vaziyat hukm surayotgan murakkab bir sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, jamiyatimizda tinchlik va totuvlikni ta’minlash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini chuqur anglagan holda, biz 2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan Harakatlar strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgiladik», — deyiladi tabrikda.

«Ushbu Strategiya asosida biz o‘tgan yil davomida mamlakatimiz hayotining boshqa tarmoqlari qatorida harbiy qurilish sohasida ko‘pgina eng dolzarb va muhim masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbir va harakatlarni ko‘zda tutadigan qarorlar qabul qildik, ularni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etdik», — dedi Prezident.

Tashqi siyosatning moslashuvchanligi va ochiqligi, qo‘shnilar bilan do‘stona va amaliy munosabatlarni rivojlantirish, mamlakat mustaqilligi va suverenitetini saqlash eng ustuvor vazifa ekani haqidagi prinsiplar asosida O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi yangilangan holda qabul qilindi.

2017 yilda Milliy gvardiya va Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etildi, harbiy okruglarning tarkibiy tuzilishi va vazifalari tubdan qayta ko‘rib chiqildi, qo‘shinlarni boshqarish tizimi takomillashtirildi, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi.

Mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, armiya va xalq birligini ta’minlash borasida joylardagi davlat hokimiyati organlarining rolini oshirish bo‘yicha ishlar butunlay yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi. Har bir hududda harbiy-ma’muriy sektorlar tashkil etildi, ularga bevosita rahbarlik qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga yuklandi.

«Ayni vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizm xavfining tobora ortib borayotgani, dunyoning ayrim mintaqalarida qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgani, tahlikali vaziyat saqlanib qolayotgani O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga tahdid solmasdan qolmaydi, albatta. Bularning barchasi oldimizda paydo bo‘layotgan tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga doimo tayyor bo‘lishni talab etadi», — deya ta’kidladi Prezident.

«Shu munosabat bilan Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish, uning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini oshirish doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi va davlatning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi. Biz ana shu vazifalarni amalga oshirishda Qurolli Kuchlar, harbiy okruglar qo‘mondonligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining faol pozitsiyasiga tayanamiz», — dedi davlat rahbari.

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Prezident farmoni imzolanib, huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh xodimlari orden va medallar bilan mukofotlandi.

 

gazeta.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.