navstat

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 909487
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

 

Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon o‘tgan 25 yilda qardoshlik aloqalarimiz faol rivojlandi va izchil mustahkamlanib bormoqda. Davlatlararo munosabatlarning bugungi yuksak darajasini qayd etar ekanman, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro anglashuv tamoyillariga asoslangan hamkorlik yanada jadal va izchil, o‘zaro ishonch, teng huquqlilik, ochiqlik ruhida rivojlanayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. 

Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirar ekanmiz, biz turkman va o‘zbek xalqlari o‘rtasida shakllangan azaliy qardoshlik va o‘zaro hurmat an’analariga, ma’naviy va tarixiy qadriyatlar mushtarakligiga, davlatlarimizning xalqaro munosabatlarda tinchliksevarlik va insonparvarlik tamoyillariga sodiqligiga tayanamiz. Bugungi kunda mamlakatlarimiz nafaqat ikki tomonlama, balki xalqaro tuzilmalar doirasida ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Global va mintaqaviy miqyosdagi nufuzli tashkilotlar doirasida mamlakatlarimiz tomonidan ilgari surilayotgan xalqaro tashabbus va takliflar o‘zaro qo‘llab-quvvatlanayotgani shundan dalolat beradi. 

Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanmoqda. Madaniyat, ilm-fan sohalaridagi hamkorlik tobora kengaymoqda va mustahkamlanmoqda. Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorlik bo‘yicha Turkmaniston – O‘zbekiston qo‘shma komissiyasining faoliyati bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

 

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Turkmaniston mamlakatlarimiz o‘rtasidagi vaqt sinovidan o‘tgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy aloqalarni bundan buyon ham mustahkamlashga tayyor. Ishonamanki, Turkmaniston va O‘zbekiston munosabatlari kelajakda ham qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida muttasil rivojlanib boraveradi. 

Aziz qardoshim, maktubim yakunida Sizning Turkmaniston – O‘zbekiston hamkorligiga shaxsan qaratayotgan alohida e’tiboringiz uchun minnatdorlik bildirishga, Sizga mustahkam sog‘liq, davlat rahbari sifatida qardosh O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyoti va uning xalqi farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizga yangi zafarlar tilashga ijozat bergaysiz.

 

 

Yuksak hurmat bilan,

Gurbanguli Berdimuhamedov,

Turkmaniston Prezidenti

 

Uza.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.