navstat

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 909568
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi haqida

 

     Mazkur qaror bilan 2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan bo‘lib, unda ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini takomillashtirish, akademik fan bilan oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining samarali ishlashlari bo‘yicha zaruriy choralarni amalga oshirish yo‘nalishlari belgilab berilgan. 

     Shuningdek, 2018-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash dasturi tasdiqlanib, dastur doirasida ilmiy-tadqiqot muassasalarining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun 116 mlrd. so‘m (shundan: joriy yilda 26.5 mlrd. so‘m), ilmiy va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun 30.4 mln. AQSh dollari (shundan: joriy yilda 7.3 mln. AQSh dollari) va kerakli butlovchi qismlar, xarajat materiallari va reaktivlar xarid qilish uchun 1.9 mln. AQSh dollari (shundan: joriy yilda 0.5 mln. AQSh dollari) miqdorida mablag‘lar moliyalashtirilishi nazarda tutilgan. 

     Bundan tashqari, 2018-yildan boshlab vazirlik va idoralarning gumanitar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan bazaviy moliyalashtirish asosida tashkillashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni haqida ma’lumotlar taqdim etib boriladi. 
 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

 

uza.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.