navstat

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 909457
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

Eron Prezidenti bilan uchrashuv

 

2018-yilning 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhani tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti xabar berdi. 

Suhbat chog‘ida Vazir Eron Prezidentiga uchrashuv o‘tkazish va O‘zbekiston-Eron muloqotining dolzarb masalalarini muhokama qilish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildirdi hamda O‘zbekiston Rahbari Shavkat Mirziyoyevning Hasan Ruhani va Eron xalqiga samimiy tilaklarini yetkazdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Eron prezidentlarining 2017-yil 10-sentyabrda Ostona shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi-nazaridan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 

Suhbatda qator mintaqaviy muammolar, xususan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Afg‘oniston inqirozini siyosiy hal qilish jarayonini boshlash uchun birgalikdagi xalqaro sa’y-harakat muhimligi qayd etildi. 

Eron rahbari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga doir O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab quvvatladi. 

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa siyosiy va iqtisodiy masalalar ham muhokama qilindi.

 

Uza.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.