navstat

 

 

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1057758
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

2017 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 2,4 mlrd dollargacha o‘sdi

 

 

2017 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1,4 barobarga o‘sib, 2,4 mlrd dollardan oshdi. Bunda umumiy investitsiya hajmida xorijiy investitsiyalarning ulushi o‘tgan yildagi 15,3 foiz o‘rniga 20,4 foizni tashkil etdi. Bu haqda juma kuni O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov ma’lum qildi.

«Biz puxta rejalashtirib, uzoq muddatli g‘oyalarni va investitsiya maqsadlarini shakllantirishning yagona konsepsiyasini qo‘llamasdan turib har yilgidek investitsion dasturlarni qabul qilishdek eskirgan amaliyotdan voz kechdik», — dedi bosh vazir o‘rinbosari o‘z nutqida.

Uning ta’kidlashicha, endilikda 10−15 yilga mo‘ljallangan davlat dasturlari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tuzilishi, u turli manbalar, jumladan chet el investitsiyalari va kreditlaridan mablag‘ to‘plashi ma’lum qilindi.

 

gazeta.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.