navstat

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 909482
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

«Odamlarning ishonchini qozonishimiz kerak, Prezidentning emas» — Shavkat Mirziyoyev

 

 

Amaldorlar odamlarning ishonchini qozonishi kerak, Prezidentning emas, dedi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida.

«Tadbirkorlar bilan muntazam ravishda muloqot qilib, ularning dardini eshitish, har taraflama ko‘mak berish va ular duch kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha yangi tizimni joriy etishni taklif etmoqchiman. Mana bugun qancha-qancha tadbirkorlar bilan uchrashdim. Men ularning ko‘zlariga qaradim. Ular ham ishonib, ham ishonmay turishibdi. Mening gapimga ishonayapti, lekin ular aytayapti: Siz aytayapsizku, lekin pastda o‘sha byurokratiya. Bitta yer olish uchun 17 ta qo‘l qo‘yish kerak. Bu qanday gap? To‘rtta rahbar (hokim, prokuror, IIV va DSI rahbari) nima qilib yuribdi? Odamlarning ishonchini qozonishimiz kerak, Prezidentning emas. Menga yoqish kerak emas, odamlarga yoqish kerak», — dedi davlat rahbari.

Joylarda ko‘tarilgan har bir muammo o‘rganilishi, tadbirkorlarga esa amaliy yordam ko‘rsatilishi lozim, dedi Prezident.

«Ro‘yxatdan o‘tish, infratuzilmalarga ulanish, kreditlar, soliqlar, yer, qurilish masalalari, davlat va ijro organlarining noqonuniy aralashuvlari kabi muammolar tadbirkorlar foydasiga hal etilishi lozim. Maqsad bitta — ish o‘rinlari, ish o‘rinlari, ish o‘rinlari», — dedi u.

Prezident har bir tumanda yer taqsimoti internet orqali amalga oshirilishi lozim, deya qo‘shimcha qildi Prezident. «Hech qanday 17 ta imzo emas!» — deya topshiriq berdi u.

Shavkat Mirziyoyev «kurashga tayyor» amaldor natija olib kelishini ta’kidladi. «Kim tayyor bo‘lmasa ketishi kerak. Toshkentdan kelgan har bir vazir ishga taklif qilingan konsertga emas… Ular oldida o‘ta murakkab va dolzarb vazifalar turibdi. Agarda biz bugun ishlash uslubini o‘zgartirmasak, olqishlar, balandparvoz so‘zlardan voz kechmasak, ertaga odamlar norozi bo‘ladi. 2017 yilda ularda umid uchqunlari paydo bo‘ldi, ular va’da qilinganlarning amalga oshirilishini kutishmoqda», — dedi davlat rahbari.

So‘ngra Prezident Toshkent viloyatida go‘shtning haqiqiy bahosi 250 ming so‘mni tashkil etishini, biroq u ancha past darajada ushlab turilganini ma’lum qildi. «Quyichirchiq tumani 10 ming tonna baliq berishi mumkin. Toshkent viloyatida 10 ming tonna baliq chiqsa bozorda go‘sht narxi arzon bo‘ladimi, yo‘qmi — arzon bo‘ladi. Kimga yaxshi — oddiy odamga. Narxni ushlashning o‘zi bo‘lmaydi… Hech qaysi davlatda bunday bo‘lmagan — go‘shtning asl narxi O‘zbekistonda 250 ming, agar biz hozirgi inflyatsiya va devalvatsiya bilan hisoblashsak. Hozir go‘sht 250 ming bo‘lsa odamlar nima qiladi? Qaysi oylikka yashaydi? Kim buni o‘ylaydi?» — deya savol berdi davlat rahbari.

 

Prezident tashrifidan so‘ng hududda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli Toshkent viloyati prokurori Ulug‘bek Sunnatov va Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Saidkarim Nishonboyev lavozimidan chetlatildi.

 

gazeta.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.