navstat

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 909471
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

2017 YIL YANVAR-DEKABR OYLARIDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTE’MOL SEKTORIDA INFLYATSIYA

Iste’mol narxlari indeksi (INI), mamlakat iste’mol sektorida inflyatsiya darajasini ifodalaydigan asosiy indikatordir.

Mamlakatimizda INI hisoblash tizimi 1994 yilning yanvar oyidan boshlab Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)ning texnik ko’magi asosida amalga oshirila boshladi.

INI “Iste’mol narxlari indeksi bo’yicha qo’llanma: Nazariya va amaliyot” (XVF, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish fondi, Evrostat, EIK, Butunjaxon banki va XMT) uslubiy nizomiga asosan shakllantiriladi.

Hozirgi vaqtda INI hisoblashda iste’moldagi 350 turdagi tovar va xizmatlar to’plamidan foydalaniladi. Bular uch yirik guruhga – oziq-ovqat (96 ta), nooziq-ovqat tovarlari (188 ta) hamda xizmatlarga (66 ta) bo’lingan. Shunday qilib INIni hisoblash uchun iste’mol to’plami, aholi tomonidan eng ko’p iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar respublikaning barcha hududlari uchun yagona bo’lgan guruhini ifodalaydi.

Shuni ta’kidlash lozimki, INIni hisoblashda narx omiliga qo’shimcha ravishda (ya’ni, tovar va xizmatlarning haqiqiy narxini o’zgarishida) ma’lum tovar va xizmatlarning o’ziga xos aniq salmoq hissalari ham ta’sir qiladi. Shunday qilib, iste’mol narxlari indeksi bo’yicha butun mamlakat bo’ylab tovar va xizmatlarning narxlari harakati xilma-xilligi (o’rtachalashtirib) umumlashtiriladi.

Iste’mol narxlari indeksi va inflyatsiya darajasi

2017 yilda Respublika iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi 14,4 % ni tashkil etdi.

Oziq-ovqat tovarlari 15,9 %ga, nooziq-ovqat tovarlari 16,1 %ga, xizmatlar 8,6 %ga qimmatlashdi.

 

Iste’mol narxlarining o’rtacha oylik o’sish sur’ati 1,1 %ga oshib borishi mahalida, narxlarning sezilarli darajada noyabrda 2,0 %ga va dekabr oyda 2,7 %ga ko’tarilishi kuzatilib, minimal o’sish esa iyunda 0,3 % va iyul oyida 0,4 % qayd etildi.

2017 yil uchun tovar va xizmatlarning iste'mol narxlari indeksi dinamikasi

(o'tgan oyga nisbatan, %da)

2017 yilda inflyatsiya darajasiga ta’sir ko’rsatgan omillar

2017 yilda sodir bo’lgan inflyatsiya jarayonlarining quyidagi asosiy omillarini ajratib ko’rsatish mumkin:

- devalvatsiya va milliy valyutani erkinlashtirish bo’yicha olib borilayotgan siyosat inflyatsiya sur’atlarining tezlashishiga olib kelib, tovarlar va xizmatlar narxlarining umumiy o’sishiga ta’sir etdi.

Xususan, 2017 yilning birinchi yarmida iste’mol narxlari 5,2 %ga oshib, yilning oxirgi to’rt oyi davomida esa (sentyabr – dekabr oylari oralig’ida) narxlarning ko’tarilishi 7,6 %ni tashkil etdi. Bu import tovarlar narxlarining oshishi, shuningdek, ichki bozorga o’z mahsulotlarini etkazib beradigan mahalliy ishlab chiqaruvchilar xarajatlarining ko’payishi bilan bog’liq. Bunga misol, mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun chakana narxlarning bir yilda o’rtacha 1,5 barobarga qimmatlashishidir.

Ma’lumot uchun: 2014 yilda Rossiya rublining deyarli 2 barobarlik devalvastiyasi yillik inflyatsiya darajasini 11,4 %ga o’sishiga olib keldi (2013 yilda bu ko’rsatkich 6,5 %ni tashkil etgan), Qozog’istonda esa 2015 yilda milliy valyutaning devalvastiyasi iste’mol narxlarining 13,6 %ga ko’tarilishiga sabab bo’ldi (taqqoslash uchun, 2014 yilda mamlakatda inflyatsiya 7,4 %ni tashkil etgan).

- 2017 yil noyabrdagi benzin narxining 39,7 %ga qimmatlashishi, INIning 0,5 % darajaga ko’tarilishiga olib keldi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda benzin narxining o’sishi bevosita boshqa tovarlar va xizmatlar qiymatining (ularning ishlab chiqarish va tashish xarajatlarining ko’payishi hisobiga) oshishiga ta’sir qiladi.

- uy-joy kommunal xizmati tariflarning 7,1 %ga oshishi inflyatsiya darajasini 0,4 f.d.da o’sishini ta’minladi.

Mamlakatda inflyatsiya jarayonlarining tezlashishiga yana bir omili sifatida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan kelgusida narxlarni yanada ko’tarilishidagi kutilishlari, bunga oid ob’ektiv sabablar bo’lmagan taqdirda ham narxlarning ko’tarilishlari mumkin. Inflyastion kutilmalar, iste’molchilarning foydalanish uchun mahsulotlarni zahiraga ola boshlashlariga sabab bo’ladi, bu esa narxlarning yanada o’sishiga turtki bo’lishi mumkin.

Yoz oylarida inflyatsiya darajasining sekinlashishiga asosiy sabab, bu mavsumiy jarayonlar va meva-sabzavot mahsulotlarining yangi hosildan bozorlarni to’yintirilishi bilan bog’liq. Bu o’z navbatida meva va sabzavotlar narxlarining pasayishiga olib keldi (iyun oyida - 13,8 %ga, iyulda - 14,9 %ga, avgustda - 4,6 %ga).

Tovarlar va xizmatlar narxlarining umumiy iste’mol narxlari indeksining o’sishiga ta’sirining tarkibi

Oziq-ovqat mahsulotlari uchun iste’mol narxlari indeksi

Yuqorida aytib o’tilganidek, oziq-ovqat mahsulotlari yilda o’rtacha 15,9 %ga qimmatlashdi, bu o’z navbatida iste’mol narxlari indeksiining umumiy o’sishini 6,9 f.d.ga olib keldi (foiz daraja).

Yil davomida narxlarning o’zgarish dinamikasi bir maromda bo’lmadi: mavsumiy tendenstiyalar bilan bog’liq holda iyun va iyul oylarida oziq-ovqat narxlari 1,0 % va 0,7 %ga pasaydi, 2017 yilning dekabr oyida esa narxlar oshishining eng yuqori ko’rsatkichi kuzatildi (oy uchun 4,4 %).

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari uchun iste’mol narxlari o’zgarishi quyida keltirilgan:

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining ko’tarilishi 2017 yil yanvar-dekabr oylari uchun

(2016 yil dekabriga nisbatan %da)

 

INI o’sishining umumiy ta’siri 6,5 f.d.ni tashkil etdi

2017 yilda loviya narxlari 42,4 %ga, tuxum 36,1 %ga, mol go’shti 35,9 %ga, no’xat 33,2 %ga, parranda go’shti 33,1 %ga, qo’y go’shti 31,4 %ga, shakar 28,8 %ga, margarin 21,3 %ga, sut 20,6 %ga, sariyog’ 19,9 %ga, tvorog 18,5 %ga, qahva va choy - 17,0 %ga, guruch 16,2 %ga, o’simlik moyi 15,3 %ga, pishloq 15,1 %ga, qandolat mahsulotlari 14,0 %ga, un 10,4 %ga o’sdi.

2017 yilning dekabr oyida respublika viloyatlarida ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining o’rtacha narxlari orasidagi tafavut saqlanib qoldi:

Respublika hududlari orasida mol go’shtining eng yuqori va eng past narxli orasidagi farq 1,3 barobar, quy go’shtida - 1,5 barobar, guruchda - 2,0 barobar va kartoshkada - 1,3 barobar.

Nooziq-ovqat tovarlari iste’mol narxlari indeksi

2017 yilga kelib nooziq-ovqat tovarlari 16,1%ga oshib, bu esa INIning 5,7 f.d.da o’sishiga olib keldi.

Ushbu guruh tovarlari narxlarining o’sish dinamikasi nisbatan barqaror tendensiya bilan tavsiflanadi:

Kiyim-kechak, poyabzal, gazlama va maishiy to’qimachilik mahsulotlari, qurilish molllari, madaniy mahsulotlar, shaxsiy gigiena mahsulotlari, shaxsiy transport va benzin narxlarining oshishi jami INIning 27,4 %ga teng bo’ldi yoki inflyatsiyaning umumiy o’sishiga 4,0 f.d.da ta’sir qilib, bu quyidagi diagrammada aniq ko’rsatilgan:

INIni umumiy o`sishiga ta`siri 4,0 f.d.ni tashkil etdi

Xizmatlar bo’yicha iste’mol narxlari indeksi

Mamlakat aholisiga xizmat ko’rsatish bo’yicha narxlar va tariflar yil davomida o’rtacha 8,6 %ga oshdi, bu esa, INIni umumiy 1,8 f.d.da o’sishiga olib keldi.

Ushbu sohadagi asosiy inflyatsiya omillari aloqa xizmatlari tariflarini 23,9 %ga, yuridik va bank xizmatlari 15,0 %ga, maishiy xizmatlar 8,3 %ga, uy-joy kommunal xizmatlari 7,1 %ga, yo’lovchi tashish transport xizmatlari 6,9 %ga o’sib, INIni umumiy o’sish sur’atiga 1,4 f.d.da ta’sir ko’rsatdi (ta’sir ulushi 9,9 %).

 

Ekspertlarning 2018 yilgi prognozlari

Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yilda respublikada inflyatsiya 14,3 %ni tashkil qilishi kutilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 2018 yilda inflyatsiya darajasini 11,5 - 13,5 % oralig’ida bo’lishini taxmin qilmoqda.

Bizni 2018-yilda nima kutmoqda?

Bugungi kunda ushbu masala mamlakat aholisi uchun juda muhimdir.

Inflyatsiya - iqtisodiy o’zgaruvchan o’lcham bo’lib, u ko’plab omillar ta’sirida bo’ladi, jumladan:

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28-dekabrdagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasi etkazib berish va realizastiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 1025-sonli qaroriga asosan, 2018 yilda qurilish materiallari narxi oshishi kutilmoqda, bu esa nooziq-ovqat tovarlar narxlari indeksining o’sishiga va umumiy inflyatsiya darajasiga ta’sir etishi kutilmoqda;

- 2018 yilda narx-navo dinamikasini belgilovchi yana bir omil bu dollar kursi;

- yuqorida ta’kidlaganimizdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan kelgusida narxlarni ko’tarilishidagi inflyastion kutilmalari, mamlakatdagi narxlarning holatiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Narxlar statistikasi boshqarmasi

 

stat.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.