navstat

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 909485
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

Viloyatlar hokimlari chet el tajribalarini o‘rganadi

 

 

O‘zbekiston viloyatlari hokimlari turli sohalardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish uchun bir yilda kamida ikki marta chet el safarlariga chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Viloyat hokimlari bir yilda kamida ikki marta tegishli mamlakatlarga xizmat safariga shaharsozlik va hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalari, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, sanoat va qishloq xo‘jaligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida borishi shart.

Prezident har bir elchixonaga mamlakatning muayyan hududi va iqtisodiyot tarmog‘ini biriktirish taklifini bildirdi. Endi har bir elchi ish kunini o‘ziga biriktirilgan hudud hokimi va tarmoq rahbari bilan telefon orqali muloqot qilishdan boshlaydi. Eksport va turizmni rivojlantirish, biznes kooperatsiyasini kuchaytirish bo‘yicha aniq investitsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar tezkor hal qilinadi.

 

gazeta.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.