navstat

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 909483
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 2018 yil 6 yanvar kuni “Ma'naviyat soati” o'tkazildi

 

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida”gi PQ-3160-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini o'rganish va targ'ib qilish maqsadida Statistika boshqarmasi xodimlari o'rtasida o'tkazilgan  “Ma'naviyat soati”da, boshqarma qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi boshlig'i, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul xodimi Sh.Mamirov 
“Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaymiz” mavzusida  ma'ruza qildi.

Ma'ruzada, uyg'onishga da'vat Millat rahnamolarining nutqlari davlat, mamlakatlarining kechagi kuniga tahlil, ertangi hayotiga mundarija berishi, qilingan, qilinajak ishlarning ko'lamini ko'rsatishi, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy majlis palatalariga Murojaatida nafaqat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy masalalar, balki ma'naviy-mafkuraviy, tarbiyaviy muammolar, ularning echimlari ham yangraganligi, mana shu qisqa kontent tahlil ham Murojaatnomaning mehnatkash, oqko'ngil xalqimizga cheksiz muhabbat bilan yo'g'rilgani, ko'tarinki kayfiyatini, ko'lamini ko'rsatib turganligi, Murojaatnoma xalqimizni mafkuraviy kurashga otlantirganligi, Prezidentimiz dunyo mintaqalaridagi qonli to'qnashuv va nizolarga to'xtalib, yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, turli xavf-xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirishimiz shartligi, bu kurashning oddiy, har birimiz amal qila oladigan yo'llarini ham ko'rsatib berganligi ta'kidlandi.

Ma'ruzachi o'z ma'ruzalarini Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbarining birinchi o'rinbosari, professor Muxammadjon Quronovning “To'rt soat davom etgan Prezident nutqida xalqimiz, butun jahon Prezidentimiz siymosida O'zbekistonning oldinga – 2018 yilga qaragan o'tkir nigohini, metin qat'iyatini, bukilmas irodasini, buyuk imkoniyatlarini, qattiq ishonchini, tolmas muntazamlikni ko'rdi. Kuch oldi. Ilhom oldi. Endi bizni to'xtatib bo'lmaydi. Chunki xalqimiz 
2018 yilga Prezidentimizning mana bu da'vatini chuqur anglab, mash'al bilan kirib borayapti: "O'zimiz o'zimizga xiyonat qilmasak, o'zimiz o'zimizni aldamasak, halol-pok bo'lib mehnat qilsak, men aminman, ko'zlagan barcha marralarimizga albatta etamiz. Bu borada men avvalo ko'p sinovlardan yorug' yuz bilan o'tgan olijanob xalqimizning mustahkam irodasi va bunyodkorlik saloxiyatiga ishonaman”. ha. Endi uyg'onmaslik – jinoyat. Endi uyg'onmaslik – xiyonat. Uyg'onishimiz shart” –degan so'zlari bilan yakunladi. 

 

Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.