navstat

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 793715
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

Interaktiv xizmatlar

Interaktiv xizmatlar

Navoiy viloyat statistika boshqarmasida 2017 yil 3-chorak yakunlariga bag’ishlangan Kengash yig’ilishi bo'lib o'tdi

2017 yil 27 oktyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi va uning hududiy bo'limlarida 2017 yilning 9 oyidagi faoliyati to'g’risida boshqarmaning navbatdagi Kengash yig’ilishi bo'lib o'tdi.

Kengash yig’ilishi kun tartibida:

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatning  hujjatlari va topshirig’larida belgilab berilgan vazifalarning so'zsiz bajarilishi borasida boshqarma va uning hududiy statistika bo'limlari rahbarlarining asosiy vazifalari hamda 2017 yilning 1-yarim yilligida viloyat statistika boshqarmasi faoliyati natijalarining tanqidiy tahlili va tizim oldida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash;

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PK-2881-son qarorida belgilangan vazifalarning so'zsiz ijrosini ta'minlash, ijro intizomini yanada mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlash yuzasidan davlat statistika tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;

 Moliyaviy-xo'jalik faoliyati va buxgalteriya xisobini yuritish ahvoli yuzasidan hududiy statistika organlarida o'tkazilgan o'rganishlar yakunlari va ularda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf - viloyat statistika boshqarmasi va uning hududiy statistika bo'limlarida tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida profilaktika ishlarini muntazam va yuqori saviyada tashkil etish, huquqiy savodxonligini oshirish, yo'l qo'yiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish yoki bartaraf etish bo'yicha profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish hamda hisobot taqdim etish tartibini buzgan huquqbuzarlarga nisbatan ma'muriy ishlarni yuritishda amaldagi qonun hujjatlariga to'liq rioya etilishini ta'minlash natijalari to'g’risidagi masalalar tanqidiy ko'rib chiqildi.

Yig’ilishda boshqarma hamda hududiy statistika bo'limlarining  joriy yil

9 oyidagi faoliyati Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14 yanvardagi majlisida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan belgilab berilgan vazifalar, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar hamda davlat statistika ishlarini bajarish doirasida amalga oshirilganligi, Shu bilan birga, hisobot davrida soha yo'nalishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to'g’risida”gi qonuni bilan yuklatilgan vazifalar doirasida viloyat statistika bo'limlari tomonidan barcha statistika ishlarining to'liq bajarilishi ta'minlanib, 2017 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yo'nalishlari va ustuvor vazifalari bajarilishi monitoringini amalga oshirish uchun hamda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini rivojlantirish maqsadli kompleks dasturlarining bajarilishi ahvoli to'g’risidagi statistik ma'lumotlar o'z vaqtida shakllantirilib, Respublika hukumati Davlat hamda hududiy boshqaruv organlari va jamoatchiligiga taqdim etib borilganligi ta'kidlanib o'tildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi PQ-3165-sonli qarori hamda ushbu qarori ijrosi bo'yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tashkiliy chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini tizimli ravishda amalga oshirish yuzasidan Davlat statistika qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlangan chora-tadbirlar asosida boshqarmada ham tegishli ishlar amalga oshirilganligi, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3165-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistik ma'lumotlar sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini boshqarma hamda hududiy statistika bo'limlarida o'z vaqtida, tizimli va sifatli amalga oshirilishi ta'minlanib kelinayotganligi, Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 2 sentyabrdagi 690-sonli qarori bilan Davlat statistika qo'mitasi to'g’risidagi nizom tasdiqlanganligi, shu bilan birga, Davlat statistika qo'mitasining 2017 yil

27 sentyabrdagi 87-sonli buyrug’i bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining yangi tahrirdagi nizomlari hamda tuman (shahar) statistika bo'limlari to'g’risidagi namunaviy nizom tasdiqlanganligi va amaliyotga joriy qilinganligi hamda boshqarmaning  joriy yil 29 sentyabrdagi

116i-sonli buyrug’i asosida qo'mita tomonidan tasdiqlangan tuman (shahar) statistika bo'limlari to'g’risidagi namunaviy nizom bo'yicha qayta ro'yxatdan o'tkazilganligi qayd etib o'tildi.

Korxonalar va tashkilotlar hisobot ko'rsatkichlarining birlamchi statistik tahlilini olib borish, taqdim etilgan ma'lumotlardagi xatolik va nomuvofiqliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha Davlat statistika qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan Tartib asosida boshqarmaning ham Tartibi ishlab chiqilib tasdiqlanganligi ta'kidlangan holda, boshqarma hamda hududiy statistika bo'limlari tomonidan hisobot davrida tizimda davlat statistika hisobotlari qamrovining to'liqliligi hamda ishonchliligini ta'minlash, hisobot va ijro intizomini mustahkamlash, statistik ma'lumotlar sifatini oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Kengash yig’ilishida, O'zbekiston Respublikasining O'RQ-418-son qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga oid PF-4848-son farmoni, 2017 yil

2 fevraldagi PQ-2752-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2018 yillarga mo'ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha .Davlat dasturi”, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid .Davlat dasturi”,

2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida boshqarma va hududiy statistika bo'limlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi va bu borada ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Kengash yig’ilishida, sohada qonunchilikni ta'minlash, hisobot va ijro intizomini mustahkamlash, statistik tahlil ishlarini kuchaytirish, iqtisodiy va moliyaviy ma'lumotlarning ochiqligi va qulayligini ta'minlash, tadbirkorlik sub'ektlari bilan profilaktika ishlarini amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash, moliyaviy-xo'jalik faoliyati hamda buxgalteriya hisobini yuritish, kadrlar bilan ishlash va ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan boshqarma va hududiy statistika bo'limlarining hisobot davridagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi, xususan, boshqarma tarmoq va hududiy statistika bo'lim boshliqlarining hisobotlari eshitilib, mazkur yo'nalishlarda ishlarni yanada faollashtirish hamda nazorat ishlarini kuchaytirish yuzasidan boshharma hamda hududiy statistika bo'lim raxbarlariga aniq vazifalar topshirildi.

Shu bilan birga, yig’ilishda statistika faoliyatini tashkil etish, hududiy organlar faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog’liq hamda Kengash vakolatiga kiruvchi tegishli masalalar ham muhokama etilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab qo'yildi.

Kengash yig’ilishi kun tartibidagi masalalarni muhokama qilib qarorlar qabul qildi.

Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.