navstat

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 793697
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

Interaktiv xizmatlar

Interaktiv xizmatlar

Boshqarmada o'tkazilgan “Kasbim faxrim” mavzusidagi tadbir

2017 yil 6 oktyabr kuni boshqarma xodimlari bilan o'tkazilgan tadbir “Ma'naviyat soati  darsi “ Kasbim faxrim” mavzusiga bag’ishlandi.

Tadbirda boshqarmaning qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi boshlig’i, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul xodimi Sh.Mamirov ushbu mavzuda ma'ruza qildi.

Shuningdek, viloyat Statistikasida boshqarmasida ko'p yillar ishlagan va hozirda ham o'z ish faoliyatini davom ettirayotgan pensiya yoshidagi xodimlardan boshqarmaning qishloq xo'jaligi va ekologiya Statistikasi ishlari bo'limi etakchi mutaxassisi N.Isamovaga, Sanoat statistikasi bo'limi etakchi mutaxassisi Sh.Sharipovaga, Xizmatlar sohasi statistikasi bo'limi etakchi mutaxassisi S.Abdullaevaga, Sanoat statistikasi bo'limi boshlig’i M.Bobonazarovaga so'z berildi va ular jamiyatda xodimlar ma'naviyati, madaniyati, bilimi va kasbiy salohiyati qanchalik yuqori bo'lsa, bu jamiyatning uzluksiz rivojlanishi, taraqqiy etishi va yuksalishidan dalolatdir deb boshqarma yoshlariga o'z o'gitlarini berdilar.

Tadbir so'ngida, statistika tizimida ko'p yildan buyon mehnat qilib, statistika sohasiga o'z hissalarini qo'shib, yoshlarga o'z bilim va tajribalarini o'rgatib kelayotgan, nafaqa yoshidagi xodimlarga boshqarma tomonidan tashakkur izhor qilindi.

Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.