navstat

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 793667
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

Interaktiv xizmatlar

Interaktiv xizmatlar

Xizmatlar sohasining rivojlanishi

NAVOIY VILOYATIDA

XIZMATLAR SOHASINING RIVOJLANISHI

 

     Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta'minlash, aholining turmush darajasini oshirish va samarali bandligini ta'minlashda xizmatlar sohasining har tomonlama rivojlanishi muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

     Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o‘sishni ta'minlash uchun xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishni eng muhim vazifalardan biri sifatida qo‘yishmoqda.

     Xizmatlar sohasi aholining barcha qatlamlarini qamrab oladi va jamiyatda sodir bo‘layotgan deyarli barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta'sir ko‘rsatadi, bu esa mazkur masalaning qanchalik muhim va ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib beradi.

     O‘zbekistonda mustaqillik yillarida, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, mamlakat aholisining bandligini, daromadlarini va turmush sifatini oshirishning muhim yo‘nalishlari va omillaridan biri sifatida xizmatlar sohasi va servisni jadal rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bundan tashqari, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta'minlashda mazkur soha muhim o‘rinni egallamoqda.

     Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini amalga oshirish jarayonida, 2010-2016 yillarda bozor xizmatlari hajmi 4,0 martaga oshib, 2,0 trln.so‘mgacha ko‘paydi. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi mazkur davrda 3,7 martaga o‘sdi va 2,9 mln. so‘mni tashkil etdi (1-jadval).

1-jadval

 

2010-2016 yillarda Navoiy viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasi asosiy ko‘rsatkichlarining dinamikasi

 

 

     Hozirgi vaqtda, viloyatda xizmatlar sohasida 372 ta dan ortiq yirik tashkilotlar (bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlarini qo‘shgan holda) va 2483 ta dan ortiq kichik tadbirkorlik sub'ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

     2010-2016 yillarda xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi deyarli barcha hududlarda ijobiy rivojlanish tendensiyalarini ko‘rsatib turibdi.

 1-rasm

2016 yilda hududlar kesimida xizmatlar ishlab chiqarish

hajmining o‘sishi, foizda

     Xizmatlar sohasining aholi jon boshiga nisbatan rivojlanishi ko‘rsatkichiga aholi soni muhim ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, aholi soni nisbatan kam bo‘lgan Uchquduq, Tomdi va Konimex tumanlarida  o‘rtacha jon boshiga ko‘rsatkichlari aholi zich joylashgan hududlar hisoblangan Navoiy va Zarafshon shaharlari va Qiziltepa, Navbahor va Xatirchi tumanlariga qaraganda ancha yaxshi ko‘rinadi.

     Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, sanoati rivojlangan hududlarda (qazib olish sanoatini hisobga olmagan holda) - Navoiy, Zarafshon shaharlari va Uchquduq, Karmana tumanlari bo‘yicha xizmatlar sohasining o‘rtacha jon boshiga ko‘rsatkichlari qolgan tumanlarga nisbatan yuqoriligi kuzatildi (2-rasm).

2-rasm

2016 yilda hududlar kesimida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan

xizmatlar hajmi, ming.so‘mda

     Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi hisobiga Navoiy viloyatida 2010 yildan 2016 yilgacha sohaning YAHMdagi hissasi ortib bordi. Xususan, 2010 yilda YAHMda xizmatlar sohasining ulushi 22,3 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bo‘yicha (dastlabki ma'lumot) 26,0 foizga уetdi (3-rasm).

3-rasm

YaНMda xizmatlar ulushi

     Aholi tomonidan har xil turdagi xizmat ko‘rsatish turlariga bo‘lgan talabning doimiy o‘sishi va davlat tomonidan ushbu sohaga aloqador infratuzilmalarni (ijtimoiy, transport-kommunikatsiya, savdo va boshqalar) rivojlantirish  bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar xizmatlar sohasining barcha tarmoqlarini jadal rivojlanishini ta'minladi (4-rasm).

4-rasm

2010-2016 yillarda alohida xizmat turlarining o‘sishi

 

    Masalan, savdo oddiy taqsimlash mexanizmidan iste'molchiga yo‘naltirilgan bozor talablarini shakllantirish jarayonlarida faol ishtirokchiga aylandi. Hozirgi vaqtda, savdo xizmatlari iqtisodiyotda ko‘rsatilgan jami xizmatlar hajmining sezilarli (954,7 mlrd.so‘m) qismini tashkil etib, 2010-2016 yillarda 4,4 martaga ko‘paygan.

     Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari jadal rivojlanib, ularning umumiy hajmi 5,3 martaga oshgan. Telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va rekonstruksiya qilish milliy dasturlarining amalga oshirilishi, simsiz telefon aloqalarning o‘sishiga, uyali aloqa abonentlari va Internet tarmog‘iga jamoaviy ulanish joylari sonining ko‘payishiga olib kelmoqda.

     2016 yil yakunlari bo‘yicha, aholining uyali aloqa bilan ta'minlanishi 100 kishi hisobiga 80,7 birlikni tashkil etdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, xalqaro kanallarning ma'lumotlarni uzatish qobiliyati 54980 Mbit/s (2010 yilda 2510 Mbit/s.)ni tashkil etgan. Hozirgi vaqtda, raqamli televideniуega to‘liq o‘tish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirilmoqda.

     2010-2016 yillarda moliyaviy xizmatlar hajmi 2,9 martaga oshdi. Bunday o‘sishga, tijorat banklarining, ularni kapitallashtirish va moliyaviy barqarorligini oshirishni o‘z ichiga olgan moliyaviy faoliyatlarini takomillashtirish natijasida erishildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlashning takomillashgan mexanizmi, istiqbolli investitsiya loyihalarini kreditlashni kengaytirish, shuningdek yangi elektron to‘lov texnologiyalarini joriy qilgan holda moliyaviy tashkilotlarning hududiy tarmoqlarini kengaytirish moliyaviy xizmatlarning o‘sishiga ta'sir ko‘rsatgan boshqa omillar bo‘ldi.

     Sog‘liqni saqlash tizimining isloh qilinishi, yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasining oshirilishi, sog‘liqni saqlash amaliyotiga ilg‘or chet el tajribalarini keng joriy etilishi  sog‘liqni saqlash sohasi xizmatlarini 5,1 martaga oshirish imkonini berdi.

     Hozirgi vaqtda, xizmatlar ishlab chiqarish iste'molchilarning daromadlari darajasi, didi va nimani afzal ko‘rishlariga qarab tabaqalanib bormoqda.

     Hajmlarning o‘sishi bilan birga, bozor xizmatlarining tarkibiy nisbatlari ham o‘zgardi. Xizmatlar umumiy hajmida transport xizmatlari qisqarib, yangi bozor xizmatlarining ulushi ko‘paydi.

     Xususan, 2010-2016 yillarda transport xizmatlarining ulushi 33,1 foizdan 27,3 foizga, 3,1 foizga, moliyaviy xizmatlar ulushi 12,4 foizdan 8,9 foizga, ta'lim sohasidagi xizmatlar 4,0 foizdan  3,1 foizga,  me'morchilik, muhandislik izlanishlari xizmatlari 0,9 foizdan 0,7 foizga kamaygan. SHu bilan birga, savdo xizmatlarining ulushi 32,4 foizdan 35,1 foizga, yashash va ovqatlanish xizmatlari 1,6 foizdan 4,2 foizga aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 4,4 foizdan 5,9 foizga, Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta'mirlash bo‘yicha xizmatlar, 2,1 foizdan 2,3 foizga ko‘paydi. ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar jami xizmatlar hajmidagi ulushi o‘zgarishsiz qolgan (5- va 6-rasmlar).

5-rasm

6-rasm

 

 

     Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan xizmatlar ishlab chiqarishning kengayishi xizmatlar sohasining jadal rivojlanishini ta'minlamoqda. Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida, tadbirkorlik sub'ektlariga, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yangi tashkil etiladigan korxonalarni texnologik jihozlash uchun katta miqdordagi imtiyozli kreditlar taqdim etildi. Natijada, kichik tadbirkorlikning bozor xizmatlari ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 39,7 foizdan 71,6 foizga ko‘paydi (7-rasm).

7-rasm

2010-2016 yillarda kichik tadbirkorlikning xizmatlar sohasidagi ulushi

    Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, investitsiya, soliq, pul-kredit va ilmiy-texnik siyosatni takomillashtirish hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning yanada barqaror o‘sishini ta'minlash, bozor xizmatlarining tarmoq tuzilmasida sifatli tarkibiy o‘zgarishlar qilish imkonini beradi.

     Bu esa, Viloyatimizda xizmatlar ishlab chiqarish va iste'mol qilishning  oqilona tuzilmasini shakllantirish hamda aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirilishini ta'minlash imkonini beradi.

 

 

Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.