navstat

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 793608
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

Interaktiv xizmatlar

Interaktiv xizmatlar

Ta`lim sohasi rivojlanishi

MAKTABGACHA TA`LIM

       Ma’lumki, uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadigan maktabgacha ta’lim bolalarning sog’lom o’sishi va tizimli o’qitishga tayyorlanishida muhim o’rin tutadi. Navoiy viloyatida 3-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim muassalariga qamrab olish darajasi 2016 yilda shu yoshdagi aholining 26,7  foizini tashkil etdi. 2017 yil 1 yanvar holatiga viloyatda mavjud maktabgacha ta`lim muassasalari soni 129 tani tashkil etib, shundan 94 tasi shahar, 35 tasi qishloq joylarda joylashgan. Ularda   tarbiyalanayotgan 22374 nafar bolalardan 52 foizini o’g’il bolalar, 48 foizini qizlar tashkil etadi.

 

1-rasm

Bolalarning maktabgacha ta’lim muassalariga qamrab olinishi, foizda

(2013-2016 yillar)

 

1-jadval

2016 yilda maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy ko’rsatkichlari, birlik

 

 

2-rasm

Qishloq va shahar joylardagi maktabgacha ta`lim muassasalari soni, hududlar kesimida (birlik) (2016y.)

 

 

Maktabgacha ta`lim muassasalarida mavjud o’rinlardan foydalanish samaradorligi ortib borayotganligi 3-rasmda tasvirlangan.  2010 yilda viloyat bo’yicha har 100 ta o’ringa o’rtacha 84 nafar bola to’g’ri kelgan bo’lsa, 2016 yilga kelib ushbu ko’rsatkich 98 nafarga yetdi. Bu esa maktabgacha ta`lim muassasalariga nisbatan talab oshib borayotganligini ifoda etadi.

3-rasm

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi jami bolalar soni va 100 ta o’ringa nisbatan hisoblangan bolalar soni dinamikasi (2010-2016 yillar)

 

 

Har 100 ta o’ringa to’g’ri keladigan bolalar sonini hududlar kesimida tahlil (4-rasm) qilinganda Navoiy  shahrida va Karmana tumanida o’rinlar etishmasligi kuzatiladi. 100 ta o’ringa 100 dan ortiq bola to’g’ri keladi.

4-rasm

2016 yilda hududlar bo’yicha taqsimlangan holda, 100 ta o’ringa nisbatan hisoblangan bolalarning o’rtacha soni

 

 

Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami pedagog xodimlar soni 2354 nafarni tashkil etib, ulardan 24,8 foizi oily ma’lumotli, 75,2  foizi o’rta maxsus pedagogik ma’lumotlilardan iborat. Pedagog xodimlar umumiy sonidan 15 yil va undan ortiq ish stajiga ega bo'lganlar 23,7 foizni, shu jumladan qishloq joylarda         24,0 foizni tashkil etadi.

5-rasm

 Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagog xodimlari soni, 2016 yil

 

 

 

NAVOIY VILOYATIDA UMUMIY O`RTA TA`LIM

 

    2016/2017 o’quv yilida mavjud 354 ta umumiy o`rta ta`lim maktablarida jami 140,2 mingta o`quvchilar tahsil olgan bo’lsa, ulardan 62,6 ming nafari qishloq joylarda joylashgan 242 ta umumiy o`rta ta`lim maktablari hissasiga o’g’ri keladi. Maktablarning umumiy sonidan 59,8 foizi ikki smenada mashg’ulot olib boradi. Umumiy o`rta ta`lim maktablaridagi o`quvchilarning 40,3 ming nafari ikkinchi smenada  ta’lim olmoqda (7-rasm).

6-rasm.

Umumiy o`rta ta`limning asosiy ko`rsatkichlari (2000-2016 yillar)

 

 

7-rasm

Umumiy o`rta ta`lim maktablarini mashg’ulotlar smenaliligi bo’yicha taqsimlanishi, foizda (2012-2016 yillar)

 

 

    Mamlakatdagi ta`lim tizimining ahvoli haqida muhim ma`lumot beruvchi ko`rsatkichlardan biri bu ta`lim muassasalarida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar sonidir. U o`quvchilar umumiy sonini o`qituvchilar umumiy soniga bo`lish orqali aniqlanadi. 2016 yilda Navoiy viloyatida umumta`lim maktablarida har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni 8,7 ga teng bo’ldi . (8-rasm).

8-rasm

Hududlar bo’yicha har bir o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni,

2016 yil

 

NAVOIY VILOYATIDA O`RTA MAXSUS KASB - HUNAR TA`LIMI

 

 

    Navoiy viloyatida akademik litseylar soni 2000 yilda 1 ta bo’lgan bo’lsa, 2016 yilda 4 taga yetdi. Kasb-hunar kollejlari soni esa 2000 yilda 6 ta bo’lgan bo’lsa 2016 yilda 47 tani tashkil etdi  (9- rasm)

 

2-jadval

O`rta maxsus kasb-hunar ta`limining asosiy ko`rsatkichlari (2000-2016 yillar)

 

 

9-rasm

Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari soni (2000-2016 yillar)

 

 

    Navoiy viloyatida  o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi tizimida o`quvchilar soni 2016 yilda akademik litseylarda 3054 nafar, kasb-hunar kollejlarida esa 35970 nafarni tashkil etdi. Bu ko`rsatkich 2000 yildagi o`quvchilar soniga nisbatan akademik litseylarda 9 marta, kasb-hunar kollejlarida esa 20 marta ko`pdir (10-rasm).

                                                                                                                 10-rasm

Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari soni dinamikasi

(2000-2016 yillar)

 

 

    2016 yilda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari sonining kamayishi viloyatning demografik holati bilan bog’liq.

 

 NAVOIY VILOYATIDA OLIY TA`LIM

 

 

    Navoiy viloyatida hozirgi kunda Navoiy Davlat Pedagogika Instituti va Navoiy davlat Konchilik Instituti mavjud.

3-jadval

Oliy ta`limning asosiy ko`rsatkichlari (2000-2016 yillar)

 

Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.