navstat

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 793597
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

Interaktiv xizmatlar

Interaktiv xizmatlar

Sanoat ishlab chiqarish

2016 yil yakunlari bo’yicha Navoiy viloyatida jami sanoat ishlab chiqarish ko’rsatkichlari

 

 

2016 yil yakunlari bo’yicha Navoiy viloyatida jami sanoat ishlab chiqarish ko’rsatkichlari to’g’risidagi tahliliy ma’lumotlarni quyidagi jadvallar va diagrammalar asosida taqdim etiladi

 

 

     SANOAT maxsulotining umumiy xajmi jami va alohida tarmoqlar bo'yicha qiymat ko'rinishida, mulkchilik shaklidan qatiy nazar, yuridik shaxslar va ularninig bo'linmalari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat maxsulotlari, ishlar va xizmatlar ma'lumotlari orqali aniqlanadi. Sanoat maxsulotining xajmi miqdoriy yig’ma ko'rsatkichlari yirik, kichik, yordamchi sanoat (nosanoat) ishlab chiqarish korxonalari xamda yakka tartibdagi tadbirkorlar (uy xo'jaliklarini qo'shgan xolda) ma'lumotlaridan iborat.

     Joriy yil yakunlari bo'yicha jami sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish  o'tgan yilning shu davriga nisbatan 102,5 foizni tashkil etdi.

     Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish o'tgan yilning shu davriga nisbatan 111,5 foizni tashkil etdi.

   Jami sanoat xajmida tarmoqlar bo'yicha Tog’-kon sanoati 21,8 foizni, Qayta ishlash sanoati 68,6 foizni, Elektr ta'minoti, gaz, bug’ etkazib berish va sun'iy iqlim xosil qilish sanoati 9,3 foizni hamda Suv ta'minoti, oqava suv, chiqindilarni yig’ish va utilizatsiya qilish 0,3 foizni tashkil etmoqda.

     2016 yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik (biznes) sub'ektlari tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi (jami sanoat ishlab chiqarishining 20,8 foizi) yoki 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 112,2 foizni tashkil qildi.

2016 yilda Navoiy viloyatida jami sanoat ishlab chiqarish hajmida shahar va tumanlarning ulushi

 

     Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki Navoiy (O'tgan yilning mos davrida 74.5%) va Karmana (O'tgan yilning mos davrida 11.7%) tumanining ulushi o’tgan yilga nisbatan kamayganligini ko’rishimiz mumkin.

Bu nimalarda o’z  aksini topadi;

     Eng avvalo, bir qator yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish ko’rsatkichlari pasayib ketishi bunga o’z tasirini ko’rsatmasdan qolmadi.

    Jumladan, "NAVOIYAZOT" АJning o’tgan yilga nisbatan 92,5 foizga bajarilishi, "ELEKTROXIMZAVOD" QК ning 60,6 foizga, "NAVOI" QК MCHJning 58,2 foizga hamda "КONTINENT-N YOG-MOY" QК MCHJning 20,1 foizga bajarilishi bunday salbiy ko’rsatkichni keltirib chiqardi.

     Karmana tumaninig ulushi o’tgan yilga nisbatan pasayishga asosan “Karmana erkin industrial-iqtisodiy zonasi”dagi bir qator xorijiy invistitsiya ishtirokidagi qo’shma korxonalarning  to’liq  quvvatlarda ishlamaganligidir.

   Jumladan,"O'ZERAECABLE" O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonasi, "O'ZERAEALTERNATOR" O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonasi, "O'ZMINDA" O’zbekiston-Hindiston qo’shma korxonasi, "TELECOM INNOVATIONS" qo’shma korxonasi, "POLIPROPILEN QUVURLAR" sho`ba korxonasi, "ARISTON THERMO-UTG" qo’shma korxonasi hamda "KARMANA GIPS MAXSULOTLARI" O’zbekiston -Kanada qo’shma korxonasi shular jumlasidandir. Yuqorida nomlari keltirilgan korxonalar o’tgan yilgi hajmga nisbatan  57,7 mlrd so’m miqdorida kamayib ketganligini kuzatishimiz mumkin.

Sanoat ishlab chiqarishining o`sish sur`atlari dinamikasi, o`tgan yilga nisbatan foiz hisobida

 

2016 yilda hududlar kesimida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ming so`m

 

 

     Ushbu diagrammada ko’rishimiz mumkinki Navoiy shahrining yuqoriligigaga Navoiy kon metallurgiya kombinatining sezilarli tasiri bor.

     Sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, jahon bozorida yuqori raqobatbardosh bo`lgan ishlab chiqarishlarni manzilli qo`llab-quvvatlanishi, ishlab chiqarishlar tarkibida qayta ishlash sanoatining ulushini oshishiga ko`maklashdi.

     Agar 2010 yilda, sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida qayta ishlash sanoatining ulushi 65,9 % bo`lgan bo`lsa, 2016 yilga kelib esa 68,6 %ga o`sdi

 

 

2016 yilda Navoiy viloyatida jami iste`mol tovarlari ishlab chiqarish hajmida shahar va tumanlarda ulushi

 

 

       2016 yilda eng ko`p iste`mol tovarlari Navoiy shahri (viloyatning umumiy hajmidan 30,4), Xatirchi tumani (16,2), Qiziltepa tumani (13,2), Karmana tumani (11,6), Navbahor tumani (8,2)  shahar va tumanlardagi korxonalarda ishlab chiqarilgan.

       2016 yilda shahar va tumanlar kesimida iste`mol tovarlari ishlab chiqarishning aholi jon boshiga hajmi Navoiy shahriga (5049,3 ming so`m), Konimex tumaniga (3081,4 ming so`m), Zarafshon shahriga (2156,3 ming so`m), Uchquduq tumani (2089,6 ming so`m) va Karmana tumaniga (1977,9 ming so`m) to`g`ri keladi.

2016 yilda shahar va tumanlar kesimida aholi jon boshiga iste`mol tovarlari ishlab chiqarish, ming so`m

 

 

Iste`mol tovarlari ishlab chiqarishining o`sish sur`atlari dinamikasi,

o`tgan yilga nisbatan foiz hisobida

 

Iqtisodiyot faoliyat turlari bo`yicha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, foizda

 

 

  2010 yil 2016 yil O`sish sur`ati 2016 yil 2010 yilga nisbatan, foizda  
Jami 100,0 100,0 120.8  
shu jumladan:        

tog`-kon sanoati

va ochiq konlarni ishlash

26.1 21.8 109.8
qayta ishlash sanoati 65.9 68.6 125.7  
ulardan:        
oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlari 
ishlab chiqarish
8.0 13.7 157.5
to`qimachilik mahsulotlari, 
kiyim-kechaklar 
va charm mahsulotlari 
ishlab chiqarish
8.8 13.5 192.7
kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa mahsulotlari 
ishlab chiqarish
11.8 9.3 88.4
metallurgiya sanoati 54.6 43.5 98.03
asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlarini 
ishlab chiqarish
0.01 0.04 416.7
mashina va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish, ta`mirlash 
va o`rnatish, avtotransport vositalari, treylerlar va yarimpritseplar, boshqa tayyor metall buyumlarni ishlab chiqarish
1.3 3.7 279.7
boshqa nometall 
mineral mahsulotlarni ishlab chiqarish
15.2 15.7 133.6
elektr, gaz, bug` bilan ta`minlash va havoni konditsiyalash 7.8 9.3 124.8
suv bilan ta`minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig`ish 
va utilizatsiya qilish
0.2 0.3 117.2

 

Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ta`siri.

    Xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini har taraflama qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda kichik biznes sub`ektlari hissasining o`sishida namoyon bo`ldi. Agar 2011 yilda sanoat umumiy hajmida kichik tadbirkorlik mahsulotlarining ulushi 4,9 %ni tashkil etgan bo`lsa, 2016 yilga kelib 20,8%ni tashkil qildi.

    Bunda, 2016 yil Navoiy shahri bo`yicha umumiy ishlab chiqarish hajmida kichik biznesning ulushi 6,7 %ni, Zarafshon shahri 97,0 %ni, Konimex tumanida 97,7 %ni,  Qiziltepa tumanida 66,0 %ni, Karmana tumanida 31,6 %ni, Navbahor tumanida  76,1%ni Nurota tumanida 99,9 %ni , Tomdi tumanida 95,7, Uchquduq tumanida 99,9 %ni ,Xatirchi tumanida 85,2%ni tashkil etdi.

Kichik tadbirkorlikning jami sanoatdagi ulushi, umumiy ishlab chiqarish hajmiga nisbatan foizda

 

 

Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish – sanoat ishlab chiqarishi hajmlari o`sishining omillaridan biridir

    Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmlarining o`sishi bo`yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo`lgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o`sishining va import tovarlari qisqarishining omillaridan biri hisoblanadi.

Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining asosiy ko`rsatkichlari

 

Sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishining rag`batlantiruvchi omillar

     Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash dasturlarini amalga oshirilishi viloyat sanoatining rivojlanishiga imkoniyatlar yaratdi. Shu bilan birga, sanoatning yanada barqaror rivojlanishi uchun quyidagilar zarur:

- ilg`or mahalliy texnologiyalarni ishlab chiqish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga mahsulotlarnnig  raqobatbardoshligini oshirish;

- Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirishda mahalliylashtirish darajasini to`xtatib turuvchi kamchiliklarni bartaraf etish hamda yangi ish o`rinlarini yaratishga to`sqinlik qiluvchi zarur tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar importini qisqartirish;

- kichik biznes sub`ektlarining ishlab chiqarish faoliyatini har taraflama qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish.

 

Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.