navstat

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 793648
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

Interaktiv xizmatlar

Interaktiv xizmatlar

Qishloq xo`jaligi ko`rsatkichlari

Qishloq xo`jaligi ko`rsatkichlari

 

     Qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti – hisobot davrida qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi sub`ektlar tomonidan ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hajmlarining qiymatini belgilab, ishlab chiqarishning umumiy hajmini ifodalaydi.

     Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishni diversifikatsiyalash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish hamda xo`jaliklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti hajmi  2016 yilda 2330163,0 mln. so`mni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan 6,9% o`sishini ta`minladi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari hajmi 1186697,6 mln. so`mni o’tgan yilga nisbatan 7,4% o’sdi, chorvachilik mahsulotlari hajmi 1143465,4 mln. so`mni o’tgan yilga nisbatan 6,5% o’sdi. 2015-2016 yillar davomida jami qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi barqaror sur`atlarda o`sib bordi, bunda o`sish sur`ati yiliga 7 foizni tashkil etdi

     1-rasm. Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 2005-2016yillardagi o`sish sur`ati

    Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni xo`jaliklar toifalari kesimida tahlil etilganda, yildan-yilga fermer xo`jaliklarining ulushi oshib borayotganligi, o`z navbatida qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi esa kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Viloyatimizda faoliyat yuritib kelayotgan past rentabelli qishloq xo`jaligi tashkilotlari yer maydonlarini qisqartirilib, ular negizida mustahkam moddiy texnika bazasiga ega bo`lgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining tashkil etilishi, jami qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida fermer xo`jaliklari ulushining 2005 yildagi 21,6 foizdan 2016 yilda 24,7 foizgacha ko`payishida hamda qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushini esa 2005 yildagi 13,8 foizdan 2016 yilda 3,3 foizgacha kamayishida o`z ifodasini topdi (2-rasm).

 

 

2-rasm. 2016 yilda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining xo`jaliklar toifalari bo`yicha taqsimlanishi

    Shuningdek, 2016 yilda qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti tarkibida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 2005 yildagi 42,0 foizdan 50,9 foizgacha ko`paydi va shu davr mobaynida mos ravishda chorvachilik mahsulotlarining ulushi 58,0 foizdan 49,1 foizgacha kamaydi (3-rasm).

 

 

3-rasm. 2000-2016 yillarda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining tarkibi (foizda)

     Qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlari asosiy, takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlari bo`yicha alohida hisobga olinadi.

 

 

4-rasm. 2000-2016 yillarda jami qishloq xo`jaligi ekinlari maydoni, (ming gektar)

 

 

5-rasm. 2000-2016 yillarda asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlarining maydoni, (ming gektar)

 

 

6-rasm. 2000-2016 yillarda mevali bog`lar va tokzorlar maydoni, (ming gektar)

     2000-2016 yillar davomida qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining tarkibiy tuzilmasini maqbullashtirish bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2016 yilda 2000 yilga nisbatan asosiy maydonga ekilgan jami don ekinlari maydonlari 8,2 ming gektarga, kartoshka – 1,0 ming gektarga, sabzavotlar – 1,4 ming gektarga, poliz ekinlari – 0,6 ming gektarga, mevali bog`lar – 2,7 ming gektarga, tokzorlar – 0,7 ming gektarga ko`payib, ular hisobiga texnik ekinlar – 4,3 ming gektarga, ozuqa ekinlari – 5,1 ming gektarga kamaydi (5 va 6-rasmlar).

 

 

7-rasm. Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining jami ekin ekilgan maydonga nisbatan ulushi, (foizda)

     2000-2016 yillardagi qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlari tuzilmasidagi o`zgarishlar tahlili, umumiy ekin maydoniga nisbatan don ekinlari mos ravishda 43,5 foizdan – 50,6 foizgacha, kartoshka 0,9 foizdan – 1,8 foizgacha, sabzavotlar 2,7 foizdan – 4,0 foizgacha, poliz 1,0 foizdan – 1,5 foizgacha ko`payganligini, shu bilan birga, texnik ekinlar 40,0 foizdan 36,0 foizgacha, ozuqa ekinlari 10,9 foizdan 5,8 foizgacha kamayganligini ko`rsatdi (7-rasm).

     Qishloq xo`jaligi ekinlarining yig`ib olingan yalpi hosili – barcha qishloq xo`jaligi ekinlari ekilgan maydonlar (asosiy, takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlari)dan yig`ib olingan mahsulot. Qishloq xo`jaligi ekinlarining yig`ib olingan yalpi hosili birlamchi kirim qilingan (fizik) vaznda hisobga olinadi va alohida har bir ekin turi bo`yicha hamda ekinlar guruhlari bo`yicha umumlashtiriladi.Navoiy viloyatida oziq-ovqat ekinlari yetishtirish hajmlarini ko`paytirish va shu asosda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish bo`yicha tizimli choralarning amalga oshirilishi natijasida, 2016 yilda respublikaning barcha toifadagi xo`jaliklarida jami don – 280,3 ming tonna (2000 yilga nisbatan 2,3 marta ko`p), kartoshka – 74,2 ming tonna (4,9m.), sabzavotlar – 258,7 ming tonna (5,3m.), poliz – 74,2 ming tonna (4,5m.), mevalar va rezavorlar – 115,0 ming tonna (6,1m.), uzum – 83,7 ming tonna (3,7m.) ishlab chiqarilishiga erishildi. 2016 yilda 106,2 ming tonna paxta xom-ashyosi ishlab chiqarilib, bu 2000 yilga nisbatan 102,5 foizni tashkil etdi.

     Qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligi – ekin maydonlari birligidan (sotok, gektar) olingan o`rtacha hosil. Qishloq xo`jaligi ekinlarining o`rtacha hosildorligi, asosiy maydondan (oraliq, takroriy, qator oralig`i ekinlarisiz) yig`ib olingan yalpi hosilni yig`ib olingan maydonga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi. 2016 yilda o`rtacha 1 gektar ekin maydonidan yig`ib olingan qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligining 2000 yilga nisbatan tahlili, don ekinlarining hosildorligi 24,0 sentnerga, paxta – 4,5 sentnerga, kartoshka – 132,7 sentnerga, sabzavotlar – 133,6 sentnerga, poliz – 138,8 sentnerga, mevalar – 139,4 sentnerga, uzum – 83,1 sentnerga ko`payganligini ko`rsatdi (1-jadval).

1-jadval.

Asosiy turdagi qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorligi, (ts/ga)

 

 

     Chorva mollari va parrandalar bosh soni – xo`jaliklardagi, ularning yaylovda yoki xo`jalikdan tashqari boshqa joylarda bo`lishidan qat`iy nazar, mavjud barcha turdagi qishloq xo`jaligi hayvonlari va parrandalarning fizik birlikda (boshda) bosh sonini o`z ichiga oladi. 2017 yil 1 yanvar holatiga, viloyatning barcha toifadagi xo`jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 440,9 ming boshni (2001 yil 1 yanvar holatidagi umumiy bosh soniga nisbatan 2,5 marta ko`p), shu jumladan sigirlar – 173,4 ming boshni (194,8 foiz), qo`y va echkilar –1834,0 ming boshni (173,6 foiz.), cho`chqalar –12,9 ming boshni (101,6 foiz), otlar –15,5 ming boshni
(139,6 foiz), tuyalar – 7,6 ming boshni (113,4 foiz), parrandalar – 2272,5 ming boshni (3,7m.), asalari oilalari – 30,1 mingtani (10,8m.) tashkil etdi (11-rasm).

 

 

11-rasm. 2001-2017 yillarning 1 yanvar holatiga chorva mollari va parrandalar bosh soni (ming bosh)

     2016 yilda tirik vaznda 142,0 ming tonna go`sht ishlab chiqarildi va 2000 yilga nisbatan 3,1 martaga o`sish ta`minlandi. Shuningdek, 415,1 ming tonna sut (3,3m.), 262,3 mln.dona tuxum (4,2m.), 3843,0 tonna jun (2,1m.), 240,1 ming dona qorako`l teri (100,5 foiz), 890,0 tonna asal (20,7m.), 1007,9 tonna pilla (198,3 foiz) ishlab chiqarildi (12-rasm).

 

 

2000-2016 yillarda asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish (ming tonna, mln. dona)

Fermer xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi faoliyati to`g`risida

     Fermer xo`jaliklari – ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo`jaligi mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi, mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ektdir. 2017 yil 1 yanvar holatiga, faoliyat yuritayotgan fermer xo`jaliklarining soni 3427 tani tashkil etib, ularga biriktirilgan umumiy yer maydoni 213,6 ming gektarga teng bo`ldi va bitta fermer xo`jaligiga o`rtacha 62,3 gektar yer maydoni to`g`ri keldi (13 va 14-rasmlar).

 

 

13-rasm. 2000-2016 yillarda fermer xo`jaliklarining soni (birlikda)

 

 

14-rasm. 2000-2016 yillarda o`rtacha 1 fermer xo`jaligiga to`g`ri keladigan yer maydoni (gektar)

     2000-2016 yillarda, fermer xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi, don ekinlari maydonlari bo`yicha 16,3 foizdan 78,1 foizgacha, g`o`za 12,9 foizdan 98,9 foizgacha, kartoshka 4,0 foizdan 10,5 foizgacha, sabzavotlar 11,1 foizdan 26,8 foizgacha, poliz 20,0 foizdan 37,5 foizgacha, mevali bog`lar 10,8 foizdan 48,5 foizgacha, tokzorlar 3,5 foizdan 67,2 foizgacha ko`paydi (15-rasm).

 

 

15-rasm. Fermer xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi (foizda)

    Tahlil natijalari, fermer xo`jaliklarida paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa sohalarining yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat beradi.

     Shuningdek, 2000-2016 yillarda fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarilgan don ekinlarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi 13,1 foizdan 73,1 foizgacha, paxta xom-ashyosi 10,8 foizdan 99,1 foizgacha, kartoshka 4,0 foizdan 12,8 foizgacha, sabzavotlar 9,0 foizdan 22,8 foizgacha, poliz 12,0 foizdan 31,3 foizgacha, mevalar 10,7 foizdan 45,7 foizgacha, uzum 5,3 foizdan 46,1 foizgacha ko`paydi.

     Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi faoliyati to`g`risida

     Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaligi – oilaviy mayda tovar xo`jaligi bo`lib, oila a`zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig`iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo`jaligi mahsuloti yetishtiradi va sotadi.

     2016 yilda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari soni 148,6 mingtaga yetib, 2000 yilga nisbatan o`sish 148,2 foizni, 2005 yilga nisbatan 105,3 foizni va 2015 yilga nisbatan 101,6 foizni tashkil etdi (16-rasm).

 

 

16-rasm. 2000-2006 yillarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklari soni, (mingta)

     2001 yil 1 yanvar holatiga, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi, yirik shoxli qoramollar bo`yicha 88,5 foizni, 2017 yil 1 yanvar holatiga 91,4 foizni tashkil etdi. Tahlil qilinayotgan davrlarda, yuqoridagi ulushlarning o`sishi quyidagi turlar bo`yicha ham kuzatildi: sigirlar 92,5 foizdan 93,9 foizgacha, qo`y va echkilar 25,3 foizdan 56,5 foizgacha, cho`chqalar 40,9 foizdan 99,0 foizgacha, otlar 33,3 foizdan 57,8 foizgacha, tuyalar 28,4 foizdan 58,1 foizgacha, parrandalar 24,9 foizdan 63,4 foizgacha (17-rasm).

 

 

17-rasm. 2000-2006 yillarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklardagi ulushi, (foizda)

     2000 va 2016 yillarda, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarining barcha toifadagi xo`jaliklardagi ulushi, go`sht ishlab chiqarishda mos ravishda 80,7 va 89,5 foizni, sut – 94,4 va 95,5 foizni, tuxum – 24,8 va 67,5 foizni, jun – 23,4 va 66,4 foizni, qorako`l teri – 18,1 va 79,3 foizni.

      Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati to`g`risida

     Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – xo`jalik yuritish jarayonida yerga hamda boshqa mulklarga egalik qiluvchi, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga xizmat qiluvchi yuridik shaxsdir.

     2000-2016 yillarda, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning barcha toifadagi xo`jaliklardagi ulushi, don ekinlari maydonlari bo`yicha 66,1 foizdan 3,9 foizgacha, g`o`za 87,0 foizdan 1,1 foizgacha, kartoshka 13,3 foizdan 1,4 foizgacha, sabzavotlar 16,7 foizdan 1,9 foizgacha, poliz 30,0 foizdan 5,9 foizgacha, mevali bog`lar 56,8 foizdan 19,0 foizgacha, tokzorlar 71,9 foizdan 3,1 foizgacha kamaydi.

     Tahlil etilayotgan davrlarda, qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi, yirik shoxli qoramollar bosh soni bo`yicha 5,0 foizdan 2,9 foizgacha, sigirlar 3,8 foizdan 1,0 foizgacha, qo`y va echkilar 71,9 foizdan 34,7 foizgacha, cho`chqalar 46,4 foizdan 1,0 foizgacha, otlar 60,4 foizdan 35,5 foizgacha, tuyalar 67,2 foizdan 37,4 foizgacha, parrandalar 69,6 foizdan 25,3 foizgacha, asalari oilalari 10,7 foizdan 3,8 foizgacha kamaydi.

     Asosiy qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining, chorva mollari va parrandalar bosh sonining tahlil qilinayotgan davrlarda kamayishi, o`z navbatida ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining kamayishiga ham sabab bo`ldi (18-rasm).

 

 

18-rasm. Qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi (foizda)

Xulosalar

     Mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida qishloq xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular qishloq xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi.

    Paxta monokulturasidan chekinish, oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda don mahsulotlari bilan o`zini-o`zi ta`minlash hamda oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, qishloq xo`jaligini rivojlantirish strategiyasining asosiy tamoyillari bo`lib hisoblanadi.

    Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha qishloq xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlarga erishildi.

    Yuqori sur`atlarda o`sib borayotgan mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida, oziq-ovqat ekinlari maydonlarining kengaytirilishi hisobiga g`o`za ekin maydonlari qisqartirildi. Ozuqa ekinlari maydonlarining qisqartirilishi, chorva mollari va parrandalarni mustahkam ozuqa bazasi bilan ta`minlash yaxshi yo`lga qo`yilgan takroriy, oraliq, qator oralig`i ekinlarini ekish hisobidan qoplanayotganligi bilan izohlanadi.

    Navoiy viloyatida ekin maydonlari tarkibiy tuzilmasini oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish hisobiga bosqichma-bosqich maqbullashtirish bo`yicha aniq maqsadli yo`naltirilgan chora-tadbirlar ko`rilmoqda, shuningdek dehqon (shaxsiy yordamchi) va fermer xo`jaliklarida chorva mollari va parrandalar bosh sonini ko`paytirishni rag`batlantirish bo`yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

   Tahlillar natijalari, fermer xo`jaliklarida asosan paxtachilik, donchilik, meva-sabzavotchilik va dehqonchilikning boshqa yo`nalishlari, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklarida esa chorvachilikning yuqori sur`atlarda rivojlanayotganligidan dalolat bermoqda.

 

Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.