navstat

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 793591
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

Interaktiv xizmatlar

Interaktiv xizmatlar

Makroiqtisodiy tahlil

Navoiy viloyati bo’yicha (2000-2016yillar) makroiqtisodiy

ko’rsatkichlar tahlili

 

    1. Yalpi hududiy mahsulotni ishlab chiqarish

    2016 yil yakunlari bo’yicha ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi joriy narxlarda 10 541,8 mlrd. so’mni, o’tgan yilga nisbatan o’sish surati 105,9 %ni tashkil qildi. (1 rasm).

 

 

1 rasm. 2010-2016 yillar uchun YAHMning o’zgarish dinamikasi.

 

     Hududda olib borilayotgan dasturlar va loyihalarning samarasi natijasi shuning bilan birga olib borilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish natijasida hudud iqtisodiyoti oxirgi yillarda yuqori va barqaror o'sish sur'atlarini namoyish qila boshladi.

     Oxirgi 5 yilda (2010-2016 yillar) YaHM 44 foizga yaqin o'sdi yoki 1,4 martaga oshdi.

 

 

3 rasm. So’ngi 7 yillikda (2010-2016 yillar) YAHM va tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymatining o’sish suratlari.

     Iqtisodiy o'sishning asosiy omillari va manbalari tahlili shuni ko'rsatadiki, oxirgi 7 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o'sish sur'atlari qishloq xo'jaligida 64 foizga, sanoatda - 10 foizga, qurilishda - 2,4 barobar, xizmatlar sohasida - 2,0 barobar o'sganligini ko'rish mumkin.

 

 

4 rasm. Aholi jon boshiga YAHMni o’zgarishi dinamikasi, foizda.

    Iqtisodiyotning barqaror o'sish sur'atlari saqlanib turgan bir sharoitda aholining real daromadlari ham mos ravishda o'sib borayotganini kuzatishimiz mumkin.

    2016 yil yakunlari bo'yicha iqtisodiyot tarmoqlarida kuzatilgan o'sish sur'atlari yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) barqaror o'sishida asosiy omil bo'lib xizmat qildi. Jumladan, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi tarmog’ining o'sish sur'ati 107,1 foiz, (YaHM tarkibidagi ulushi - 16,2 foiz), sanoat - 103,5 foiz (52,4 foiz), qurilish - 109,3 foiz (5,4 foiz), savdo, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar - 112,4 foiz (5,6 foiz), tashish va saqlash, axborot va aloqa - 106,1 foiz (7,5 foiz) va xizmat ko'rsatuvchi boshqa tarmoqlar - 110,0 foiz (12,9 foiz) ni tashkil qildi.

     Qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijasida Navoiy viloyatida 2010   -2016 yillar uchun o'rtacha foiz darajasi barqaror o'sish sur'atlarini namoyish qilmoqda.

 

 

5 расм. YAHM tarkibining o’zgarish dinamikasi, %.

     Tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va xizmatlar sohasini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotida bandlik va aholi daromadlari o'sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mazkur sohalarning rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish va servis sohasini isloh qilish bo'yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi mazkur tarmoqlar qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylanib YaHM tarkibida umumiy hajmining o'sishi qishloq xo'jaligi ulushining yildan yilga bosqichma-bosqich kamayishga olib keldi. Shu bilan birga, YaHM tarkibida qishloq xo'jaligi ulushining kamayishi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ijobiy o'rtacha yillik o'sish sur'atlarini kuzatish mumkin.

     Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda ob'ektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko'p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblangan.

     Kichik tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2016 yillardagi rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy rivojlanish ko'rsatkichlari quyidagicha:

 

 

6 rasm. 2000-2016 yillarda kichik biznes ulushining o’zgarish dinamikasi (YAHMga nisbatan foizda)

     Ishbilarmonlik muhitini isloh qilish bo'yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo'llab quvvatlash va yanada rag’batlantirish natijasida uning YaHM dagi ulushi 2010 yildagi 34,4 foizdan 2016 yilda 37,6 foizgacha oshdi.

 

 

7 rasm.Hududning Respublika YAIM tidagi ulushi, foizda

     Navoiy viloyati hududida maqsadli dasturlarning amalga oshirilishi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish shuningdek, xizmatlar sohasining jadal rivojlanishi natijasida Respublika bo'yicha YaIMni shakllantirishda 2010 - 2016 yillarda Navoiy viloyatining ulushi 6,1 foizdan 5,3 foizga yetganligini kuzatish mumkin.

 

 

Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.