navstat

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 793685
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

Interaktiv xizmatlar

Interaktiv xizmatlar

Kichik biznes va Tadbirkorlik

Navoiy viloyatida

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi

 

     Mamlakatimizda ishbilarmonlik muxitini yanada yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash imkonini bermoqda.  2000-2016 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 21,5 foizdan 37,6 foizga o'sib, 16,1 foiz birlikka ortgan (1-rasm).

 foizda

 

 

1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi

 

     Taqqoslash uchun bir qator chet el davlatlarida kichik biznesning YaIMdagi ulushini olib qaraydigan bo'lsak, Frantsiyada bu ko'rsatkich 62 foizni, Italiyada - 60 foizni, Yaponiyada - 55 foizni, Germaniyada - 54 foizni, Buyuk Britaniyada - 53 foizni, AQShda - 52 foizni, Qozogistonda - 25,6 foizni, Rossiyada – 20,0 foizni tashkil etadi (2-rasm).

 

 

2-rasm. Dunyoning turli davlatlarida kichik biznesning YaIMdagi ulushi

 

     Bunda turli davlatlarda subektlarning kichik biznes soxasiga taalluqliligi mezonlariga xam e'tibor berish lozim. Masalan, AQShda xodimlar soni 100 kishigacha xamda yillik aylanmasi xajmi 3 dan 12 mln.AQSh.dollarigacha bo'lgan sub'ektlar kichik biznes sub'ektlari xisoblanadi. Xodimlar soni 100 dan 500 kishigacha bo'lgan sub'ektlar esa o'rta biznes sub'ektlari deb yuritiladi. Shuningdek, Rossiyada kichik biznes sub'ektlariga xodimlar soni 100 kishigacha xamda yillik tushum xajmi 400,0 mln.rubligacha bo'lgan sub'ektlar taalluqli bo'ladi.  

2016 yilda viloyatimiz xududlari bo'yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorliknining YaXMdagi ulushi past daradaja qolayotgan Navoiy viloyatida bu ko'rsatkich 37,6 foizni tashkil etgan (1-jadval).

1-jadval

Viloyat bo'yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

YaXMdagi ulushi

                                                                                                                                 foizda

 

 

1) Kichik va o'rta biznes

            Kichik biznes sub'ektlarining demografiyasi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini xar tomonlama qo'llab quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni yil sayin oshib bormoqda. 2017 yil 1 yanvar xolatiga viloyatimizda faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes sub'ektlari soni (dexqon va fermer xo'jaliklaridan tashqari) 6959 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan  3779 taga yoki 1,8 barobar ko'paygan (3-rasm).

   birlikda

 

3-rasm. Faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes sub'ektlari soni

(1 yanvar xolatiga, birlikda)

 

     2017 yil 1 yanvar xolatiga iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha 1760 ta kichik biznes sub'ektlari (jami sub'ektlarning 25,3 foizi) savdo soxasida, 1343 tasi   (19,3 foizi) sanoatda, 775 tasi (11,1 foizi) qurilishda, 802 tasi (11,5 foizi) qishloq, o'rmon va baliq xo'jaliklarida, 587 tasi (8,4 foizi) yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish soxasida, 308 tasi (4,4 foizi) yuk tashish va saqlash soxasida va 1384 tasi (19,9 foizi) boshqa soxalarda faoliyat ko'rsatmoqda (4-rasm).

                                                                                                                                       foizda

 

 

4-rasm. 2017 yil 1 yanvar xolatiga faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes sub'ektlari sonining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi (jamiga nisbatan foizda)

      Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik soxasida bandlik. 2000 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik soxasida mexnat faoliyati bilan band bo'lganlar soni 115,4 ming.kishini tashkil etgan bo'lsa, 2010 yilda bu ko'rsatkich 227,5 ming.kishini, 2016 yilda esa  254,5 ming.kishini tashkil etib, mazkur soxada band bo'lganlar soni 2000 yilga nisbatan solishtirilganda 139,1 ming.kishiga yoki 2,1 barobar ko'payganligini ko'rish mumkin (5-rasm).

     2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik soxasida band bo'lganlarning  80,9 foizi (206,0 ming.kishi) yakka tartibdagi tadbirkorlik soxasida, 19,1 foizi  (48,5 ming.kishi) kichik korxona va mikrofirmalarda mexnat faoliyati bilan band bo'lgan.

 

                                                                                                                         ming. kishi

 

 

5-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo'lganlar soni

     Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik soxasida band bo'lganlarning iqtisodiyotda band bo'lganlar umumiy sonidagi ulushi 2000 yilda 35,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2005 yilda bu ko'rsatkich 52,1 foizni, 2010 yilda 55,8 foizni, 2016 yilda esa 60,3 foizni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 24,5 foiz birlikka oshgan (6-rasm).

                                                                                                                              foizda

 

 

6-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotda

band bo'lganlar umumiy sonidagi ulushi

     Kichik biznesning iqtisodiyotda band bo'lganlar sonidagi ulushi turli xorijiy davlatlar ko'rsatkichlari bilan taqqoslanganda, Yaponiyada bu ko'rsatkich 78,0 foizni, Italiyada   71,0 foizni, Germaniyada 69,5 foizni, Buyuk Britaniyada 56,0 foizni, AQShda 54,0 foizni, Rossiyada 25,6 foizni tashkil etganligini ko'rishimiz mumkin (7-rasm). Ko'rinib turibdiki, mamlakatimizda mazkur soxaning iqtisodiyotda bo'lganlar sonidagi ulushi rivojlangan davlatlar ko'rsatkichlaridan xam yuqori darajaga etgan. Bu mamlakatimizda axoli bandligini ta'minlash bo'yicha aniq, manzilli choralar ko'rilayotganidan dalolatdir.

 

 

7-rasm. Dunyoning turli davlatlarida kichik biznesning iqtisodiyotda band bo'lganlarning umumiy sonidagi ulushi

      Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o'rni. Kichik biznesning iqtisodiyotdagi axamiyati uning soxada raqobat muxitini ta'minlash, yirik korxonalar uchun maxsulot etkazib berish, yangi ish o'rinlarini yaratish, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari xajmining o'sishini ta'minlash, axoli daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik soxasi ichki bozorimizni raqobatbardosh va sifatli maxsulotlar bilan to'ldirishda, axolini ish bilan ta'minlash va daromadi ko'payib, farovonligi oshib borishiga erishishda eng asosiy omillardan biri xisoblanadi.

     Sanoat. Mazkur tarmoqda kichik biznes sub'ektlarining yuqori sur'atlarda o'sishi, qulay ishbilarmonlik muxitining yaratilishi, yagona soliq to'lovi stavkalarining pasaytirilishi, resurslardan va ishlab chiqarish infratuzilmalaridan foydalanishga ruxsat berish shartlarining soddalashtirilishi xamda kichik biznes sub'ektlarini yirik kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarining kuchayishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish xajmidagi ulushi 2000 yildagi 2,9 foizdan  2016 yilda  20,8 foizga yoki 17,9 foiz birlikka sezilarli daraja o'sdi (8-rasm).   

                                                                                                                      foizda

 

 

8-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi

 

     Viloyatimizda 2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan 594,9 mlrd.so'mlik sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilgan (jami sanoat maxsulotlarining 20,8 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 1,4 foizga o'sgan.

     So'nggi yillarda sanoatning asosiy tarmoqlarida, ayniqsa oziq-ovqat sanoati, engil sanoat, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati xamda farmatsevtika sanoatida faoliyat yuritib kelayotgan kichik biznes sub'ektlari sonining oshib borayotganligi va ular tomonidan sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o'sish sur'atlari qayd etilayotganligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushini barqaror ravishda oshib borishini ta'minlashda asosiy omillardan biri bo'lib xizmat qilmoqda.  

     Shu o'rinda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son “O'zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muxitini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisida"gi Farmoniga muvofiq, sanoatning sermexnat tarmoqlari bo'lmish oziq-ovqat sanoati, engil sanoat va qurilish materiallari sanoati tarmoqlarida kichik korxonalar xodimlarining o'rtacha yillik cheklangan soni 200 kishigacha oshirilganligi mazkur tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub'ektlari sonining ko'payishiga imkoniyat yaratib berayotganligini aloxida qayd etish zarur.

     Xududlar kesimida taxlil qilinganda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi 2000-2016 yillarda Zarafshon shaxrida 95,6 foiz birlikka o'sgan. Shuningdek, Xatirchi tumani 63 foiz va Konimex tumanida 57,8 foiz birlikka ko'paygan             

 

2-jadval

Xududlar bo'yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

sanoatdagi ulushi

                                                                                                                             foizda

 

 

1)  Kichik va o'rta biznes

     2-jadval ma'lumotlariga asosan 2016 yilda xududlar bo'yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Uchquduq va Nurota tumanlarida 99,9 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Konimex tumanida bu ko'rsatkich 97,7 foizni tashkil etgan.

     Mazkur ko'rsatkich bo'yicha o'rta darajada bo'lgan Zarafshon shaxri 97 foiz, Tomdi, Xatirchi, Navbaxor va Qiziltepa tumanlari 66-95 foiz oraligidagi ko'rsatkichlarni qayd etgan.

     Karmana tumanida bu ko'rsatkich 31,6 foizni, Navoiy shaxrida 6,7 foizni tashkil etib, past darajani qayd etgan.

     Qishloq xo'jaligi. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyotimizning muxim tarmoqlaridan biri bo'lib, axolini oziq-ovqat maxsulotlariga, sanoatni esa xom-ashyoga bo'lgan talabini qondiradi. Shuningdek, qishloq xo'jaligi mamlakatimiz agrosanoat majmuasining etakchi tarmogi bo'lib, dexqonchilik, choravachilik va meva-sabzavotchilik maxsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini o'z ichiga oladi.

     Mamlakatimizda mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligida chuqur tarkibiy isloxotlar o'tkazilib, soxada bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o'tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dexqon va fermer xo'jaliklari faoliyatini yo'lga qo'yish kabi muxim masalalarni xal etishga katta e'tibor berildi. Bugungi kunda fermerlik farakati jadal rivojlanib, dexqonchilikda gallachilik,  paxtachilik, sholikorlik, meva-savzavotchilik xamda chorvachilik esa qoramolchilik, qo'ychilik, qorako'lchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik yo'nalishlarida xamda maxsulotlarni qayta ishlash soxalarida faoliyat ko'rsatayotgan ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari rivojlanib bormoqda.  

      Viloyatimizda fermer xo'jaliklarining yuqori sur'atlarda rivojlanishi natijasida 2000-2016 yillarda qishloq xo'jaligi maxsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 68,4 foizdan 98,5 foizga oshgan.   (9-rasm)

                                                                                                                      foizda

 

 

9-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning

qishloq xo'jaligidagi ulushi

 

     Qurilish. qishloq joylarda namunaviy uylar qurish bo'yicha xukumat dasturlarining qabul qilinishi kichik biznes sub'ektlari tomonidan viloyatimizda, shu jumladan qishloq joylarda qurilish ishlari xajmining barqaror o'sishini ta'minladi. Turar joylarning qurilishi bilan birga, ijtimoiy infratuzilma ob'ektlari, qishloq vrachlik punktlari, umumta'lim muassasalari, xizmat ko'rsatish va servis soxalaridagi ob'ektlarning qurilishi kichik biznes sub'ektlari tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining qurilish soxasidagi ulushi  2000 yilda 24,9 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilda 74,9 foizga etib, 50 foiz birlikka sezilarli darajada oshgan (10-rasm).

                                                                                                                                                                                                                                    foizda

 

 

10-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qurilishdagi ulushi

     Navoiy viloyatida 2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan  866,8 mlrd.so'mlik qurilish ishlari bajarilgan ( jami qurilish ishlari xajmining  74,9 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 0,3 foizga o'sgan. Shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 431,6 mlrd.so'mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari xajmining 37,3 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 5,5 foizga kamaygan. Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan 435,2 mlrd.so'mlik qurilish ishlari bajarilgan (jami qurilish ishlari xajmining 37,6 foizi) yoki 2015 yilga nisbatan 6,3 foizga o'sgan.

     Savdo. Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining ulushi 2000 yildagi 34,9 foizdan 2016 yilda 94,0 foizga etib, 59,1 foiz birlikka oshgan 11-rasm

foizda 

 

 

11-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning chakana savdo

aylanmasi xajmidagi ulushi

 

     2016 yil viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining chakana savdo aylanmasi xajmi 3464,8 mlrd.so'mni tashkil etgan (jami chakana savdo aylanmasi xajmining 94,0 foizi). Shu jumladan 561,5 mlrd.so'mlik chakana savdo xajmi (jami chakana savdo aylanmasi xajmining 15,2 foizi) kichik korxona va mikrofirmalar xissasiga xamda 2903,3 mlrd.so'mlik chakana savdo xajmi (jami chakana savdo aylanmasi xajmining 78,8 foizi) yakka tartibdagi tadbirkorlar xissasiga to'gri keladi.

     Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi savdo faoliyati.  Import o'rnini bosuvchi va eksportbop maxsulotlar ishlab chiqaruvchi kichik biznes sub'ektlarining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi eksport xajmida kichik biznesning xissasini oshirish imkonini bermoqda.

     Viloyatimiz eksportining umumiy xajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000 yilda 0,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilda 21,5 foizga etgan, ya'ni 20,9 foiz birlikka oshgan (12-rasm).

foizda

 

 

12-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushi

 

     Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik soxasida investitsiyalar. Iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznes sub'ektlarining faol xo'jalik faoliyati yuritishining muxim indikatorlaridan biri bu kiritilgan investitsiyalar xajmidir. 

     Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida ular tomonidan viloyatimizga 2016 yilda iqtisodiyotga 541,0 mlrd.so'mlik investitsiyalar kiritildi va bu 2015 yilga nisbatan 2,5 foizga ko'pdir.

     2016 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalar xajmida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 19,0 foizni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 12,5 foiz birlikka oshgan (13-rasm).

     Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan jami investitsiyalar xajmidagi ulushining oshib borishi ularning yangi turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarishni o'zlashtirishga qaratilgan investitsiya maqsadlarida jalb qilinayotgan uzoq muddatli kreditlari xajmining oshishi bilan bogliqdir. Shu sababli kichik biznes sub'ektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo'yicha tarkibida o'z mablaglari va bank kreditlarining ulushi eng yuqori salmoqni tashkil etadi.    

 foizda                     

         

 

13-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning asosiy kapitalga

kiritilgan investitsiyalar xajmidagi ulushi

Statistik ko'rsatkichlar dinamikasi shuni ko'rsatmoqdaki, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning axamiyati yil sayin oshib bormoqda. Mazkur soxalardagi ijobiy tendentsiyalarga bozor isloxotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muxitini yaxshilash, raqobat muxitini rivojlantirish va xususiy mulkni ximoya qilishga oid tizimli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi xisobiga erishilmoqda.

 

Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.