navstat

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 793593
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

Interaktiv xizmatlar

Interaktiv xizmatlar

Asosiy kapitalga investitsiyalar

2016 YIL UChUN NAVOIY VILOYATIDA ASOSIY KAPITALGA INVESTISIYALAR

 

   Navoiy viloyatida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha mulkchilik shakllaridagi tashkilotlarning 2016 yilda 2846,8 mlrd.so’m (959,9 mln. AQSh dollari dollar ekvivalentida) yoki 2015 yilga nisbatan 147,5 foiz asosiy kapitalga investisiyalaridan foydalanildi.

   2016 yilda jami asosiy kapitalga investisiyalarning 77,3 foizi Navoiy va Zarafshon shaharlari, hamda Karmana tumanida o’zlashtirildi (mos ravishda jami investisiyalarning 59,4 foizi, 7,5 foizi va 10,4 foizi o’zlashtirildi).

   Investision faollik ko’proq Navoiy, Zarafshon shaharlari va qiziltepa, Navbahor, Uchquduq tumanlarida kuzatildi (2015 yilga nisbatan 1,1 - 2,0 martta ko’payish).

   Karmana va Tomdi tumanlarida esa o’tgan yilga nisbatan asosiy kapitalga investisiyalar
7,9 - 46,2 foizga kamaydi.

   Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investisiyalar 2016 yilda 3043,7 ming so’m yoki 2015 yilga nisbatan 145,2 foizni tashkil etdi.

1-diagramma

 

 

    Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investisiyalar hajmi bo’yicha  yuqori ko’rsatkichlar Navoiy shahrida 12635,3 ming so’m yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 199,0 foiz, mos ravishda Zarafshon shahar (2715,0 ming so’m yoki 157,0 foiz), Konimex (1962,7 ming so’m yoki 105,8 foiz), Navbahor (1301,9 ming so’m yoki 110,0 foiz), Uchquduq (3766,7 ming so’m yoki 180,1 foiz) kabi tumanlarida qayd etildi.

    91,9 foizdan ortiq asosiy kapitalga investisiyalar quyidagi iqtisodiy faoliyat turlariga yo’naltirildi: qayta ishlash sanoati (50,9 foiz), tog’-kon sanoati (0,1 foiz), tashish va saqlash
(17,6 foiz), elektr energiyasi, gaz, bug’ va kondisiyalangan havo (1,5 foiz), ulgurji va chakana savdo, motorli transport vositalar va motosikllarni ta'mirlash (2,6 foiz), ta'lim (1,4 foiz), sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish (1,9 foiz), jami faoliyat turlaridan tashqari: turar joy qurilishiga investisiyalar (15,9 foiz).

 

1-jadval

IQTISODIY FAOLIYaT TURLARI BO'YIChA ASOSIY KAPITALGA INVESTISIYaLAR

 

2-diagramma

 

 

2–jadval

MULKChILIK ShAKLLARI BO'YIChA ASOSIY KAPITALAGA INVESTISIYaLARNING TARKIBI

jamiga nisbatan foizda

 

 

    Nodavlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarning jami asosiy kapitalga investisiyalardagi ulushi 2016 yilda 78,0 foizni tashkil etdi, bu ko'rsatkich 2010 yilga nisbatan
5,8 foiz punktga ko'paydi.

3-diagramma

 

 

    2016 yilda asosiy kapitalga investisiyalarning asosiy qismi, jami investisiyalarning 37,5 foizi bino va inshootlar qurilishiga yo'naltirildi. Asosiy fondlarning faol qismini rivojlantirishga investisiyalarning ulushi 2015 yilda 52,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2016 yilda 57,8 foizni tashkil etib, 5,2 foiz punktga ko'paydi.

3-jadval

ASOSIY KAPITALGA INVESTISIYaLARNING TURLARI BO'YIChA TARKIBI

 

    Mashina, uskuna, transport vositalariga investisiyalarning hududlar tarkibida quyidagilar salmoqli hajmlarni o'zlashtirdi: Navoiy shahar - 67,5 foiz, Zarafshon shahri - 61,7 foiz, Konimex tumani - 51,8 foiz va Tomdi tumani - 70,3 foiz.

4-диаграмма

 

 

    2016 yilda asosiy kapitalga investisiyalarning asosiy moliyalashtirish manbaining 48,0 foizini korxonalar va aholining o'z mablag’lari tashkil etgan bo'lsa, jami investisiyalarning qolgan 52,0 foizi jalb etilgan mablag’lar hisobiga to'g’ri keldi. 2010 yilga nisbatan korxona va aholining o'z mablag’lari ulushi 7,4 foiz punktga o'sdi.

    Davlat byudjeti mablag'ining jami asosiy kapitalga investisiyalardagi ulushi 5,1 foizni tashkil etib, 2010 yildagiga nisbatan 2,6 foiz punktga ko'paydi.

    Bank sohasi va iqtisodiyotning real sektori boshqa qarz mablag’lari ulushi 6,6 foizni tashkil etib, o'tgan yildagiga nisbatan 3,7 foizga kamaydi.

    Xorijiy investisiyalar va kreditlar ulushi 2015 yildagi 3,3 foizga qaraganda ko'proq, 5,4 foizni tashkil etib, o'tgan yildagidan 2,1 foizli punktga ko'paydi.

    Davlat byudjetidan investisiyalar O'zbekiston Respublikasi infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy sohani qo'llab-quvvatlash va turmush tarzini yaxshilash maqsadlaridagi manzilli investisiya dasturini bajarishga yo'naltirildi.

    2016 yilda davlat byudjeti mablag’larining asosiy qismi: Navoiy shahar (davlat byudjeti mablag’i hisobidan moliyalashtirilgan jami investisiyalarning 63,2 foizi), Karmani tumani
(12,5 foiz), Qiziltepa tumani (7,3 foiz), Xatirchi tumanlarini (5,6 foiz) rivojlantirishga yo'naltirildi.

 

4-jadval

ASOSIY KAPITALGA INVESTISIYaLARNING MOLIYaLAShTIRISh MANBALARI BO'YIChA TARKIBI
 

 

 

    2016 yilda Davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun amalda 68,9 mlrd. so'm foydalanildi, ulardan 56,7 foizini Umumta'lim va tibbiyot muassasalarini kapital ta'mirlash va jihozlash, rekonstruksiya qilish fondi hisobidan (39,1 mlrd.so'm); mos ravishda 14,6 foiz Respublika yo'l jamg’armasi (10,1 mlrd.so'm), 19,4 foiz OO'M ning material texnik bazasini rivojlantirish fondi (13,3 mlrd.so'm), 9,3 foiz sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash fondi (6,4 mlrd.so'm) hisobidan investisiyalar o'zlashtirildi.

 

Asosiy kapitalga xorijiy investisiyalar va kreditlar

    2016 yilda 152,5 mlrd.so'm (dollar ekvivalentida 52,1 mln. AQSh dollari) yoki o'tgan yilga nisbatan 240,7 foiz asosiy kapitalga xorijiy investisiya va kreditlar o'zlashtirildi va uning jami asosiy kapitalga investisiyalardagi ulushi 5,4 foizni tashkil etdi.

 

 

    Qulay investisiya muhitini shakllantirish va investisiyalarni keng jalb qilish maqsadida olib borilgan qator islohotlar natijasida o'zlashtirilgan to'g’ridan-to'g’ri xorijiy investisiyalar va kreditlar hajmi 2016 yilda 41,5 mlrd.so'mni (dollar ekvivalentida 14,1 mln. AQSh dollari) tashkil etib, 62,0 foizga ko'paydi va jami investisiyalardagi ulushi 1,5 foizni tashkil etdi.

    2016 yilda o'zlashtirilgan asosiy kapitalga xorijiy investisiya va kreditlarning tarkibi quyidagi ma'lumotlar bilan tavsiflanishi mukin:

5-jadval

 

 

    2016 yilda Navoiy viloyatida jami xorijiy investisiya va kreditlar hajmida, iqtisodiyotning nodavlat sektorining to'g’ridan-to'g’ri xorijiy investisiya va kreditlari ulushi 27,2 foizni tashkil etdi.

    Navoiy shahrida 54,0 foiz (jami xorijiy investisiya va kreditlardagi ulushi), Zarafshon shahrida 0,1 foiz, Karmana tumanida 16,3 foiz ko'rsatkich bilan nisbatan katta bo'lgan hajmdagi iqtisodiyotning nodavlat sektori xorijiy investisiya va kreditlaridan foydalanildi.

6-jadval

ALOHIDA IQTISODIY FAOLIYaT TURLARI BO'YIChA ASOSIY

KAPITALGA XORIJIY INVESTISIYa V KREDITLAR HAJMI

 

    2016 yilda nisbatan katta hajmdagi xorijiy investisiya va kreditlar quyidagi iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha o'zlashtirildi: tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish 14,7 foiz, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 41,6 foiz, elektr energiyasi, gaz, bug’ va kondisiyalangan havo 1,6 foiz, axborot va aloqa 5,5 foiz, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 0,2 foiz.

    Alohida iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha xorijiy investisiya va kreditlardan foydalanishni quyidagi ma'lumotlardan ko'rish mumkin:

6-diagramma

 

 

    Xorijiy investisiya va kreditlarning takror ishlab chiqarish tarkibida yangi qurilish va kengaytirishga investisiyalarning ulushi xorijiy investisiya va kreditlarning umumiy hajmida 63,6 foizni tashkil etib, 2015 yilga nisbatan 40,2 foiz punktga oshdi.

    Xorijiy investisiya va kreditlarning yangi qurilish va kengaytirishga yo'naltirilgan xajmlari Navoiy shahrida (hududdagi jami xorijiy investisiya va kreditlar hajmining 80,5 foizi) va Karmana tumanlarida (100,0 foiz), nisbatan katta bo'ldi.

    Zamonaviy yuqori texnologik ishlab chiqarishni, transport va kommunikasiya infratuzilmalarini o'z vaqtida tashkil etish orqali ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirishga yo'naltirilgan faol investisiya faoliyatini olib borish 2016 yilda kapital qo'yilmalar hajmini 47,5 foizga, qurilish pudrat ishlarini 0,7 foizga o'sishini ta'minladi.

    2016 yilda 1157,0 mlrd. so'm, ulardan kichik pudrat tashkilotlari va mikrofirmalar tomonidan 866,8 mlrd. so'm yoki 2015 yilga nisbatan 100,3 foiz qurilish ishlari bajarildi.

    Kichik pudrat tashkilotlari va mikrofirmalar tomonidan salmoqli qurilish ishlari hajmi Karmana tumanida - 133,0 mlrd. so'm yoki 2015 yilga nisbatan 107,5 foiz, mos ravishda Navbahor tumanida - 147,1 mlrd. so'm (136,1 foiz), Tomdi tumanida - 3,8 mlrd. so'm (130,6 foiz), Xatirchi tumanida - 121,8 mlrd. so'm (112,1 foiz) bajarildi.

7-diagramma

 

 

    Jami qurilish ishlari hajmida, korxonalarning yangi qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, kengaytirilishi va texnik qayta qurollantirilishining ulushi 76,6 foizni, kapital, joriy ta'mirlash va boshqa pudrat ishlarining ulushi esa 23,4 foizni tashkil etdi.

    2016 yilda umumiy maydoni 0,6 mln. m.kv. (2015 yilga nisbatan 101,7 foiz), shu jumladan qishloq joylarda 0,5 mln. m.kv. (2015 yilga nisbatan 112,8 foiz) bo'lgan 3,3 mingta uy yoki 3,4 ming xonadon foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, 2016 yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida maqbul turar joylar qurilishi dasturi asosida umumiy maydoni 0,1 mln. m.kv. bo'lgan 0,8 mingta turar joy qurilishi tamomlandi.

8-diagramma

 

 

    Kommunal qurilishda 111,1 km suv tarmog’i (qishloq joylarda 111,1 km) ishga tushirildi va mos ravishda 2015 yilga nisbatan 74,7 tashkil etdi. qishloq joylar hisobiga ishga tushirilgan suv tarmog’ining 100,0 foizi to'g’ri keldi.

 

 

Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.