2023- yilning 12- aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Presidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik Direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Agentlik markaziy apparati boshqarma boshliqlari, hamda Jahon banki ishchi guruhi a’zolari – Uilyam Seitz, Sevilya Muratova va boshqa ekspertlar qatnashdi.

1-7b5a3286

Missiyaning maqsadi “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirishdagi keyingi qadamlarni, harakat rejasini, shuningdek, loyiha doirasida ma'lumotlar bo‘yicha so‘rovlarni muhokama qilishdan iborat.

2-7b5a3325

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ- 4796-sonli qaroriga muvofiq, Jahon banki ekspertlari ko‘magida ishlab chiqilgan “2020—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” tasdiqlangan edi.

3-7b5a3353

Yig‘ilishda ishchi guruh a'zolari loyihaning borishi, joriy vazifalari va kelgusidagi tadbirlar rejasi bilan Agentlik Direktori tanishtirdi. Loyihaning tarkibiy qismlari, xususan, institutsional islohotlar va salohiyatni rivojlantirish, ma’lumotlarni tayyorlash, texnik imkoniyatlarni takomillashtirish, shuningdek, loyihani boshqarish masalalari ko’rib chiqildi.

4-7b5a3290

Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur loyiha doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

5-7b5a3295

Tugmani bosing Tinglash GSpeech